So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  1 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Kuala-Lumpurda yozilgan kundalik yoxud Osiyo Kubogiga "yurish" boshlandi Yangiliklar

Kuala-Lumpurda yozilgan kundalik yoxud Osiyo Kubogiga "yurish" boshlandi

Osiyo Kubogi boshlanishiga sanoqli kunlar qolmoqda. Jurnalistlar va muxlislarning dastlabki guruhi Avstraliya tomon yo'lga chiqishdi.
4 yanvar kuni Toshkentdan 10 nafar muxlis va 3 nafar jurnalist Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahriga uchib keldi.

"Bunyodkor" muxlislar klubi boshlig'i SHavkat Imomov boshchiligidagi guruh Kuala-Lumpur shahridagi "Renaissance" mehmonxonasiga kelib joylashdi. Takidlash lozimki, SHavkat aka barcha tashkiliy masalalarni tezda va o'z o'rnida bitira oldi. Umid aka Maxmudov esa til borasida muammo bo'lmasligini taminladilar.

Mendan tashqari SPORT telekanali sharhlovchisi Murod aka Rizaev hamda "InterFutbol" gazetasi bosh muharriri Ahadxon Abduhamitov ham Avstraliyadagi Osiyo Kubogini yortish uchun yo'lga chiqdik.

Qanchalik uzoq bo'lmasin yashil qitadagi musobaqada terma jamoamizni qo'llab-quvvatlash uchun borayotgan muxlislarga qoyil qolmay iloji yo'q. Ularning shijoatiga ham gap yo'q. Hali bu azamatlar Avstraliya stadionlarida bayroqlaru, barabanlar bilan O'zbekiston terma jamoasini faqat olg'a boshlashadi!

Faoliyatim davomida birinchi bor xorijga safar qildim, faoliyatim emas umuman umrimda birinchi bor samalyotga chiqdim. Hayajon kuchli bo'ldi. 7 soatdan ortiq parvoz qildik. Futbolchilarga oson tutmanglar, shuncha vaqt bir joyda o'tirib ketish ham odamni yaxshigina sillasini quritar ekan. Lekin Kuala-Lumpur aeroportidan chiqishim bilan xuddi hammomga kirib qolgandek bo'ldim. Soat tungi 11 bo'lishiga qaramay havo juda issiq va dim edi. Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti shahardan 75 kilometr uzoqda ekan. Maxsus "mini-bas" barchamizni 1 soat ichida mehmonxonaga eltib qo'ydi. Ko'chaga qarar ekanman dastlab mashinalar o'zi harakatlanayapti deb o'yladim, Malayziyada mashina haydovchilari o'ng tomonda o'tirishlarini eshitgandimu lekin o'zim ko'rmagandim, g'alati bo'lar ekan.

Safar taassurotlarim hozircha shulardan iborat. Oddiy yoki qisqa bo'lgan bo'lsa uzr so'rayman. Hayotida ilk bor o'zga yurtga safar qilgan har qanday odamda hayajon bo'ladi, shu hayajon ila yozilgan ilk kundaligim bo'ldi.

Ha aytgancha, qolgan guruh bugun tunda Toshkentdan Kuala-Lumpurga uchadi. Ular orasida saytimizning etakchi vakillari Nodirxo'ja Yuldashev va Xayrulla Xoliqov ham bor. Demak, ertaga ular safar taassurotlari bilan o'rtoqlashishadi.


Narzulla Saydullaev
Kuala-Lumpur
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика