Krkich: "Stok Siti" "Barselona"dek o'ynashni istamaydi"
19 dek 2015 17:12
Yangiliklar


Krkich: "Stok Siti" "Barselona"dek o'ynashni istamaydi"
"Barselona" sobiq hujumchisi, hozirda "Stok Siti" sharafini himoya qilayotgan Boyan Krkichning so'zlariga ko'ra, jamoada "Barselona" futbolchilari bo'lishiga qaramay klub ko'k-anorranglilar uslubida o'ynamoqchi emas.
"Ikki jamoaning o'yin uslubi turli xil. Men va Mark Munesa bu klubga "Barselona"dan kelganmiz, ammo "Stok Siti" uslubida o'ynashimiz kerak. "Barselona" kabi o'ynash qiyin va bu ishni qilmoqchi emasmiz. O'z uslubimizdan rohatlanib, g'alab qozonishni istaymiz" - deydi Krkich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar