Kristian Gross: "Omad bugun bizga kulib boqdi"
05 may 2015 23:20
Yangiliklar


Kristian Gross: "Omad bugun bizga kulib boqdi"
"Nasaf" - "Al Ahli" (0:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Kristian Gross ishtirok etdi.
"SHu paytgacha bizlar yutqazmagan edik va shunga erishdik. Bugun jamoamiz darvozaboni o'zini yaxshi taraflama ko'rsatdi va mag'lubiyatga uchramasligimizga zamin yaratdi. Qarshiga kelishga muammolarga duch keldik va kecha jamoa mashg'ulotlarda ishtirok etmadi. Bu ham bizga biroz noqulayliklar yaratdi. "Nasaf" bilan o'yinda bizga omad ham kulib boqdi. Bu jamoa juda ham kuchli ekanligini isbotladi. Ulardan bugungi natija uchun uzr so'ragan bo'lardim. Bizning guruhimizda teng kuchli jamoalar jamlanishgan edi. Juda agresiv o'yin ko'rsatganimizning asl sababi biz mag'lubiyatga uchramaslikni istagandik va bunga erishdik. Men gol bo'lgan vaziyatni ko'ra olmadim. Bu borada aniq biror narsa deya olmayman. Agarda to'p chiziq ustidan o'tgan bo'lsa, unda omad bizga kulib boqibdi. Futbolda hakamlar ko'p bor xato qilishadi. Bu tabiiy holat. Osiyo chempionlar ligasining keyingi bosqichida "Paxtakor" bilan to'qnash kelib qolishimiz ham hech gap emas", - deya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi "Al Ahli" bosh murabbiyi Kristian Gross.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!

Fikrlar