Kristensen "CHelsi" bilan yangi shartnomaga umid qilmoqda
29 apr 2021 16:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/634350_original.jpg)
![](/upload/storage/634350_220.jpg)
Kristensen "CHelsi" bilan yangi shartnomaga umid qilmoqda
"CHelsi" himoyachisi Andreas Kristensen klubdan yangi shartnoma olmoqchi.
Daniyalik futbolchining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi kelasi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan.
"Hali shartnomani uzaytirish borasida hech qanday muzokaralar bo'lgani yo'q. Ammo men ushbu loyihada uzoq vaqt ishtirok etishimni his qilmoqdaman. Bu mening ikkinchi uyim ekanligini his qilmoqdaman.
Daniya doimo mening uyim bo'ladi, "CHelsi" esa men uchun o'zimning ikkinchi uyimdir", - deydi Kristensen.
Andreas Kristensen 2020/21 yilgi mavsum "CHelsi"da turli xil musobaqalarda 23ta o'yinda maydonga tushdi.
Qayd etish kerakki, Kristensen "CHelsi" akademiyasiga 16 yoshligida kelgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar