So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  1 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Krishtianu Ronaldu o'z orzusidagi gol haqida aytib o'tdi Yangiliklar

Krishtianu Ronaldu o'z orzusidagi gol haqida aytib o'tdi

"Real" etakchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining ECHLdagi imkoniyatlari va o'z orzusidagi golni qanday urishni istashi haqida zo' fikrlarini bildirdi.


CHempionlar ligasi haqida

- CHempionati biz uchun juda qiyin kechmoqda. Ispaniya kubogidan esa muddatidan avval chiqib ketdik. Biz Evropa chempionlar ligasida ham ishtirok etyapmiz. Bu turnirdagi g'alaba orqali ko'ngilsizliklarni oldini olmoqchimiz. "Real" bejizga ushbu musobaqada eng ko'p zafar quchmagan. Nufuzli musoboqada hali hech nima boy berilmagan. SHu bois biz ECHLda g'olib bo'lish uchun ko'p ishlaymiz va ushbu mavsumda nimadirga erishishni istaymiz. Rimda "Roma"ga qarshi o'yinda yaxshi harakat qildik va uyga yaxshi natija bilan qaytdik. Lekin bu futbol. SHu uchun javob bahsida ham diqqatni bir joyga jamlay olishimiz kerak. Ortiqcha xotirjamlikka berilmaslik lozim. Madriddagi o'yinda ham juda yaxshi o'ynab, g'alaba qozonishimiz zarur.

O'yini haqida

- Mening o'yinim darajasi bu ko'p yillik mehnatlarim samarasi deb bilaman. Hech qachon to'xtab qolmaslik kerak. Mashg'ulotlarda ko'proq ter to'kish zarur. Istedod bo'lgani bilan mehnat qilish, shug'ullanish kerak. Istedodning o'zi bilan ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritib bo'lmaydi. Gap faqat bugun haqida emas. Men so'nggi 10 yillardan buyon bir xil maromda shug'ullanib, mehnat qilib kelaman. O'ylashimcha, shu bois men doimo yuqori saviyada o'ynab kelyapman. Mening rejam yanada ko'proq ishlab, "Real" bilan keyingi yillar ham sovrinlarni yutish, shaxsiy yutuqlarni qo'lga kiritib, o'z muxlislarimni quvontirish. Bu narsa meni yanada ilhomlantiradi.

Orzusidagi gol haqida

- Men faoliyatim davomida juda ko'plab chiroyli gollarni o'rganman. Orzuimdagi golga keladigan bo'lsak, raqibning barcha 11 futbolchisini aldab o'tib, darvozani ishg'ol etish. Bu kabi golni asosan virtual futbolda kiritish mumkin. Hayotda esa bu deyarli amalga oshirib bo'lmaydigan ish. Yana kim biladi deysiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика