So’nggi yangiliklar

11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  16 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  0 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3

Krishtianu Ronaldu: "Hozir "Yuve"da qolish yoki qolmasligim muhim emas" Yangiliklar

Krishtianu Ronaldu: "Hozir "Yuve"da qolish yoki qolmasligim muhim emas"

"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turin klubidagi kelajagi to'g'risida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men 18 yoshimdan buyon eng yuqori darajada o'ynayman, o'zim haqimdagi mish-mishlar meni tashvishlantirmaydi. "Yuventus"da qolishim yoki ketishim hozirgi paytda eng muhimi emas. Bor etiborimni terma jamoamga qaratganman, chunki bunday darajadagi turnirlar har kuni o'tkazilavermaydi.

Bu mening beshinchi Evropa chempionatim, lekin o'zimni xuddi ilk Evro'dagi kabi his qilyapman. Biz hozir 2016 yilga qaraganda yoshroq jamoamiz. Besh yil oldingidan yaxshiroq yoki yomonroq darajada ekanligimizni faqat raqobat ko'rsatib beradi. Individual daraja jihatdan o'n yil oldingi Ronalduga o'xshamayman", – deya takidlaydi forvard.

Oldinroq 36 yoshli portugaliyalik hujumchi yozgi transfer oynasida Turin klubini tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Futbolchiga "Manchester Yunayted" va PSJ qiziqish bildirmoqda. Ammo hech bir klub Ronalduga hozirda "Yuventus"da oladigan maoshni to'lashga tayyor emas (bir mavsum uchun 31 million evro).

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика