Krishtianu Ronaldu: “Faolitimning eng yuqori cho'qqisini boshdan o'tkazayapman”
22 noy 2013 12:15
Yangiliklar


Krishtianu Ronaldu: “Faolitimning eng yuqori cho'qqisini boshdan o'tkazayapman”
“Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu, ushbu mavsum faolitining eng yuqori cho'qqisi ekanligini takidladi.
“Men har bir mavsumda yaxshi o'ynayman va har doim o'z ishimni alo darajada bajarishga harakat qilaman.
Ammo gollarga qarab baho beradigan bo'lsak, ushbu mavsum faoliyatimning eng yuqori cho'qqisi bo'ldi. Biroq bu bilan to'xtab qolmayman va har yili shunday o'yin ko'rsatishga harakat qilaman.
“Oltin to'p” haqida boshqa gapirishni istamayman. Undan ko'ra bor etiborimni terma jamoa va “Real”ga foyda keltirishga qarataman”, - deydi portugaliyalik futbolchi.

Fikrlar