Krishtianu Ronaldu: "Bu "Yuventus" safidagi birinchi sovrinim va bundan juda ham baxtiyorman"
17 jan 2019 02:21
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu: "Bu "Yuventus" safidagi birinchi sovrinim va bundan juda ham baxtiyorman"
"Juda og'ir o'yin bo'ldi. Bu kabi sharoitlarda o'ynash juda qiyin edi. Biz juda yaxshi harakat qildik va ko'plab vaziyatlar yaratdik. SHubhasiz, g'alaba to'pini kiritganimdan baxtiyorman. 2019 yilni sovrin bilan boshlash niyatim bor edi. Endi "Yuventus" bilan erishgan birinchi titulga egaman va juda ham baxtliman. Bu faqat boshlanishi. Biz qadamma-qadam boramiz. Superkubokni qo'lga kiritdik. Yanada ko'plab sovrinlarni yutishimiz uchun chin dildan o'z ustimizda ishlashimiz kerak bo'ladi.
A Seriya har doim "Yuventus"ning asosiy maqsadi bo'lib kelgan. Ayni vaqtda turnir jadvalini boshqarmoqdamiz. Ammo, oldinda uzun va mashaqqatli yo'l kutib turibdi. SHuning uchun ham ishlashda davom etishimiz kerak. Men bu golimni oilamga, do'stlarimga, "Yuventus" va Ronalduni sevadigan dunyodagi barcha insonlarga bag'ishlayman", – deya Ronalduning so'zlarini keltiradi Football Italia nashri.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar