Krishtianu Ronaldu: "Atletiko" – kuchli raqib, lekin chempion - "Real" bo'ladi
03 dek 2013 11:13
Yangiliklar


Krishtianu Ronaldu: "Atletiko" – kuchli raqib, lekin chempion - "Real" bo'ladi
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Atletiko" jamoasining raqobat bardoshliligi to'g'risida fikrlarini aytib o'tdi.
"Albatta, ular munosib raqib. Jamoaning bunday yaxshi startidan hayron qolmadim. Avvalgi mavsum bilan solishtiradigan bo'lsak, "Atletiko" nisbatan kuchliroq va hamjihatroq jamoaga aylanishdi. Bos ustiga ularda top darajadagi murabbiy rahbarlik qilmoqda. SHunday ekan ular bu mavsumda sovrinlar uchun jiddiy kurashishadi.
Bu kuchli raqib lekin aminmanki, oxir-oqibat "Real" chempion bo'ladi, – dedi portugaliyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, La Liganing 15 turidan so'ng "Real" - "Barselona" va "Atletiko"dan keyin uchinchi pog'onada bormoqda. Ikki peshqadam va "qaymoqrangli"lar orasidagi farq uch ochkoga teng.

Fikrlar