Krishtianu Ronaldu: "38 yoshimda ham "Al Nassr"ning g'alabalariga yordam berayotganimdan xursandman"
22 okt 2023 14:50
Yangiliklar


Krishtianu Ronaldu: "38 yoshimda ham "Al Nassr"ning g'alabalariga yordam berayotganimdan xursandman"
"Al Nassr" futbolchisi Krishtianu Ronaldu chempionat doirasida "Damak"ka qarshi o'yindagi g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Muxlislar meni xursand qilishmoqda, men esa unga munosib javob qaytaryapman deb o'ylayman. Ushbu mavsumda ham, navbatdagisida ham o'ynashni davom ettiraman va tanamga quloq solaman. Vazifa og'ir, bu meni cho'qqiga olib chiqqan.
Jamoasiz hech nimaga erishmasdim. Bugun qiyin o'yin o'tkazdik, ayniqsa, tanaffuslar, termalarning o'yinlaridan keyin doimo qiyin bo'ladi. Saudiya Arabistonida bo'lishdan mamnunman. 38 yoshimda ham "Al Nassr"ga, jamoaning g'alabalariga yordam berayotganimdan xursandman", - dedi Ronaldu.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar