Krishtianu Ronaldu: "11 yoshimda "Makdonalds"ga borardim va ..."
18 sen 2019 21:30
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu: "11 yoshimda "Makdonalds"ga borardim va ..."
"Bilasizmi, 11 yosh paytimda bizda pul bo'lmas edi. Internatda yashardik. Oilam Madeyrada qolgan, shuning uchun men ularni 3 oyda bir marta ko'rardim. Oilasiz yashash juda og'ir.
Qechqurunlari biror narsa eyishni istardik va yonginamizda joylashgan "Makdonalds"ga borib, orqa eshikni taqillatardik: "Biror narsa qoldimi?". Edna va yana ikki nafar qizlar bizga egulik berishardi.
Men ularni topishga harakat qildim, Portugaliyadagi odamlar bilan gaplashdim, lekin maqsadim amalga oshmadi. O'sha "Makdonalds" esa yopilgan ekan. Umid qilamanki, intervyu ularni topishga yordam beradi. Bundan juda xursand bo'laman. Ularni Turin yoki Lissabondagi uyimda kechki ovqatga taklif qilishni xohlayapman. Ularning bu yaxshiliklari uchun biror narsa berish niyatim bor.
Ular men uchun nima qilishganini hech qachon unutmayman, bu ishlarini juda qadrlayman. Ularni topish men uchun qanday muhimligini bilmaysiz", — deydi Ronaldu.
Cristiano Ronaldo needs your help finding Edna and two other girls who helped him when he was a poor kid in Lisbon. pic.twitter.com/WssA8hmPnS
— ESPN FC (@ESPNFC) September 18, 2019
Ha do'stlar, Ronaldu nafaqat futbolda, balki hayotda ham o'rnak olish uchun arzirli fazilatlarga ega (championat.asia talqini).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar