Krishito: "Italiyalik murabbiylar jahondagi eng zo'ri"
06 iyu 2017 01:29
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/262983_original.jpg)
![](/upload/storage/262983_220.jpg)
Krishito: "Italiyalik murabbiylar jahondagi eng zo'ri"
- Har bir murabbiyning o'z qarashi, o'zining falsafasi bo'ladi. Spaletti ham, Manchini ham kuchli murabbiy sanaladi. "Zenit"ga Manchini kelganidan buyon ko'proq taktik taraflama shug'ullanyapmiz. Masalan o'tgan mavsumda Luchesku qo'l ostida taktik taraflama ko'p ham ishlamasdik.
Roberto Manchini haqiqiy italyan murabbiylari kabi taktik jihatdan kuchli mutaxassis sanaladi. Uni "Zenit"ga kelgani ajoyib ish bo'ldi. CHunki italiyalik murabbiylar jahondagi eng zo'ri.
Manchini klubga kelishidan oldin menga qo'ng'iroq qildi. Klub haqida, shahar haqida so'radi. Unga "Zenit" o'z oldiga doimo yuqori maqsadlar qo'yishini aytdim. Manchiniga "Zenit"ning yuqorini ko'zlashi yoqdi.
Jamoa sardori bo'lganimdan xursandman. Bu juda katta masuliyat yuklaydi. Bizning maqsad doim g'alaba qozonish. Men uchun birinchi navbatda chempionatda g'olib chiqish muhimroq. Ammo biz "Zenit", bu jamoa har bir musobaqada o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi. Barcha turnirda g'oliblikni qo'lga kiritishni istaymiz.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar