Kris Satton "Liverpul" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi natijasini taxmin qildi
15 dek 2023 20:30
Yangiliklar
Kris Satton "Liverpul" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi natijasini taxmin qildi
"Liverpul"ning hujum chizig'ini inobatga olib, ularning g'alaba qozonishiga mutlaq ishonyapman. "Manchester Yunayted"da imkoniyatlar yo'q deb hisoblayman.
Maguayr va SHouning "Bavariya" bilan o'yinda olgan jarohati esa ten Xag uchun jiddiy zarba bo'ldi. MYU faqatgina qarshi hujumlarga ishonibgina g'alaba qozonishi mumkin edi. Biroq buning uchun hujumchilar tezroq bo'lishlari kerak.
Balki Antoni bu safar o'zini ko'rsatib, o'tkir burchaklardan gol urib ketar, biroq u ushbu mavsumda gol urganicha yo'q. Garnachodan yaxshi vaziyatlar ko'rishimiz mumkin. Uning hujum tempi "Liverpul"ning o'ng qanotiga xavf sola oladi.
"Yunayted" hujumida kombinaciyalar yo'q. Ular ushbu mavsumda liganing 16 o'yinida atigi 18 gol urishdi, ular mavsumda himoyachilarga katta xavf tug'dira olishmayapti. Undan tashqari, "Yunayted" turnir jadvalining yuqori qismidagi jamoalarni mag'lub qila olmayapti. Hatto hakamlar ularning foydasiga ko'proq qaror chiqarishsa ham, g'alaba qozona olishmaydi.
"Liverpul" esa turnir jadvalining yuqori qismida bekorga turgani yo'q. Ular chempionlik uchun harakat qilishmoqda. Taxminim: 4:0", - deb yozadi "CHelsi"ning sobiq futbolchisi.
Fikrlar