Krespo: “Lautaro yangi Aguero bo'lishi mumkin”
07 sen 2020 09:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/590912_original.jpg)
![](/upload/storage/590912_220.jpg)
Krespo: “Lautaro yangi Aguero bo'lishi mumkin”
Ernan Krespo “Inter”dagi vatandoshi Lautaro Martines haqida gapirdi.
“Mauro Ikardi va Paulo Dibalaning nimalarga qodir ekanligini bilamiz. Biroq Lautaroning nimalarga qodir ekanligi haqida endi-endi bilib boryapmiz. Lautaro yangi Serxio Aguero bo'lishi mumkin. Unda Serxio kabi tezkor dribling yo'q bo'lishi mumkin. Biroq u Aguerodan ham ko'ra jamoaviy o'yinchi. Lautaro doimo harakatda, shu boisdan ham turli toifadagi hujumchi rolida paydo bo'lishi mumkin. Hattoki uch hujumchi taktikasida ham. Menga uning aqliy salohiyati juda ham yoqadi ”, — deydi Krespo.
Eslatib o'tamiz, Lautaroning xizmatlariga “Barselona”dan jiddiy qiziqish bor. Kataloniya klubi Martines uchun “Inter”ga so'nggi taklifni yuborishi aytilmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar