"Krasnodar"ning olti futbolchisi o'z mamlakatlarining terma jamoasiga chaqirildi
20 mar 2015 10:11
Yangiliklar


"Krasnodar"ning olti futbolchisi o'z mamlakatlarining terma jamoasiga chaqirildi
Markaziy himoyachi Andreas Grankvist SHveciya terma jamoasiga chaqirildi, uning jamoasi Evro-2016 saralashining navbatdagi uchrashuvida Moldaviyaga qarshi bahs olib boradi, keyinroq esa Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Yana bir himoyachi Ragnar Sigurdsson Qozog'iston terma jamoasiga qarshi Evro-2016 saralash o'yinlarida Islandiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Ular bir necha kundan so'ng o'rtoqlik uchrashuvida Estoniya mehmoni bo'lishadi.
"SHaharliklar"ning navbatdagi himoyachisi Aleksandr Martinovich Makedoniyaga qarshi Evro-2016 saralash o'yinlari doirasida Belarusiya terma jamoasiga chaqirildi, bu bahsdan so'ng belaruslar Gabonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Fabio Kapello Yuriy Gazinskiy va Roman SHirokovni CHernogoriyaga qarshi kengaytirilgan tarkibga kiritdi. Evro-2016 saralash bahsidan so'ng Rossiya terma jamoasi Qozog'iston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Ruslarning yakuniy tarkibi keyinroq elon qilinadi.
Yarim himoyachi Odil Ahmedov esa O'zbekiston terma jamoasiga yordam berishga yo'l oladi. Ahmedov Seulda Janubiy Koreyaga qarshi, Tokioda esa Yaponiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida o'z yurti sharafini himoya qiladi.

Fikrlar