Kovach Rafinya haqida: "Hech kimga ochiqchasiga murabbiyni tanqid qilishga ruxsat berilmagan"
01 mar 2019 10:55
Yangiliklar


Kovach Rafinya haqida: "Hech kimga ochiqchasiga murabbiyni tanqid qilishga ruxsat berilmagan"
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach jamoa yarim himoyachisi Rafinyaning o'yin amaliyoti kamligi haqida aytgan tanqidiy so'zlariga fikr bildirdi.
"Hech kim klubdan ustun bo'lmaydi. Hech kimga murabbiyni ochiqchasiga tanqid qilishga ruxsat berilmagan. To'g'ri, kam o'ynasang xafsalang pir bo'ladi. Bazida hissiyotlarga berilib bir nimalarni aytib yuborasan, keyingi kun esa afsuslanasan. Rafinya bilan suhbatlashib oldik va u jamoa oldida so'zlari uchun kechirim so'radi" - deydi bosh murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar