Kovach "Bavariya"da yangi qoidalar joriy qildi
02 noy 2018 18:45
Yangiliklar
Kovach "Bavariya"da yangi qoidalar joriy qildi
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach "Volfsburg"ga qarshi Bundesliganing 8-tur o'yinida (3:1) jamoaning bazi futbolchilari harakatlaridan ko'ngli to'lmadi.
Malumotlarga ko'ra, xorvatiyalik mutaxassisga Jerom Boateng va Frank Riberi o'yinga tushishdan oldin etarli darajada faol shug'ullanmagani yoqmadi. Kovachning fikricha, futbolchilar o'z dangasaligi bilan murabbiylar shtabi va jamoaga hurmatsizlik qilgan.
SHu sababli murabbiy "Bavariya"da yangi qoidalar joriy qildi. Birinchidan, endi o'yinlar oldidan nafaqat asosiy tarkib, balki zaxiradagilar ham mashq qiladi. Ikkinchidan, klub avtobusi stadionga kelganida butun jamoa transportni tark etishi kerak. Oldinroq, faqat 11 futbolchi avtobusdan chiqardi, qolganlar esa keyinroq bu ishni bajargan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar