

Braziliyalik hujumkor yarim himoyachi "Aston Villa"ga o'tishi mumkin. Jurnalist va insayder Fabricio Romanoning tvittyerdagi sahifasida xabar berishicha, Koutinoning agenti ayni damda Birmingem klubi bilan aloqada bo'lib, futbolchini ijaraga olish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Hozircha hech qanday kelishuvga erishilmagan.
29 yoshli futbolchi "Barselona"da o'z o'rnini topa olmadi, vaholanki, 2018 yilning yanvaridagi transfyerdan keyin braziliyalik futbolchiga katta umidlar bog'langandi. Umuman olganda, Koutino joriy mavsum La Ligada 12 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi.



