Koutino Qatar klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi
26 avg 2023 19:45
Yangiliklar
Koutino Qatar klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi
"Aston Villa" yarim himoyachisi Filippe Koutino Qatarning "Al Duhayl" jamoasi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Unga ko'ra, birmingemliklar 31 yoshli braziliyalikning transferiga hali "yashil chiroq" yoqmagani uchun klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Yarim himoyachining "Aston Villa" bilan bitimi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.
Koutino o'tgan mavsum klub safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta to'p kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar