Koutino faoliyatini Yevropadan tashqarida davom ettirishi mumkin

Alisher
31 dek 2021, 13:54
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoda faoliyatini okean ortida davom ettirish varianti paydo bo'ldi.

Braziliyalik xavbek vataniga qaytishi mumkin, u yerda futbolchiga "Flamengo" klubi qiziqish bilidrmoqda.

Filippe "ko'k-anorranglilar" murabbiylar shtabi rejalariga kirmaydi, shu sabab uning qishdagi transfer ehtimoli bor.

Braziliyalik 2018 yildan beri "Barselona"da o'ynamoqda, uning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport