Koutino "Bavariya"ga o'tganidan so'ng Klopp unga nimalar deganini aytdi
11 sen 2019 17:56
Yangiliklar
Koutino "Bavariya"ga o'tganidan so'ng Klopp unga nimalar deganini aytdi
"Bavariya" yarim himoyachisi Filippe Koutino sobiq murabbiyi Yurgen Klopp bilan munosabatlari haqida aytib o'tdi.
- "Bavariya"ga o'tganimdan o'tganimdan so'ng u menga xat yozdi va omad tiladi. U "Bavariya" katta klubligini, Bundesliga esa ajoyib chempionatligini aytdi. U bu klubga o'tganligimdan xursand.
Klopp ajoyib murabbiy va dunyodagi eng kuchlilardan. Haqiqiy etakchi. Men undan ko'p narsalarni o'rgandim, ayniqsa psixologik tarafdan.
U "Liverpul"ni o'zgartirdi, klubga yangi hayot olib kirdi va uni kuchli qildi. U bilan ishlash g'urur edi, - deydi Koutino.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi shu yozda "Barselona"dan ijara asosida "Bavariya"ga o'tgan edi.
Fikrlar