Koul: "Manchester Yunayted" ushbu mavsum APL chempioni bo'lsa kerak"
15 jan 2021 11:46
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/614380_original.jpg)
![](/upload/storage/614380_220.jpg)
Koul: "Manchester Yunayted" ushbu mavsum APL chempioni bo'lsa kerak"
"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Endi Koul "qizil iblislar"ning ushbu mavsumdagi o'yinlari haqida gapirdi.
"Manchester Yunayted" ushbu mavsumda chempion bo'lishi mumkinmi? Menimcha ha. Ikki oy oldingi o'yinlarni inobatga olsak, Ole jamoasini peshqadamlik darajasiga olib chiqqanini fantastik natija deb hisoblayman. Ole "Yunayted"ni har tomonlama o'zgartira oldi.
Futbolchilar endi jismoniy holatini yaxshilab bormoqda. Ammo "Liverpul" va "Siti" darajasiga etish uchun barqarorlik kerak. APLni yutish uchun imkoniyatlarni past deb hisoblamayman, ammo yuqori ham emas. Bu borada gapirishga biroz erta", - dedi Koul.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar