Kot-d'Ivuar terma jamoasi Afrika millatlar Kubogida ishtirok etadi
26 dek 2014 13:18
Yangiliklar


Kot-d'Ivuar terma jamoasi Afrika millatlar Kubogida ishtirok etadi
Kot-d'Ivuar terma jamoasi o'zining moliyaviy muammolarini hal qildi va Ekvatorial Gvineyada 17 yanvardan 8 fevralgacha bo'lib o'tadigan Afrika millatlar Kubogida ishtirok etishga tayyor.
Xabarlarga ko'ra, mamlakat futbol federaciyasi huqumat bilan moliyaviy shartlarni kelishib olgan. Avvaliga jamoa uchun 575 ming $ (310 mln frank) ajratilishi kerak edi, ammo qayta ko'rib chiqishdan so'ng bu mablag' 3,5 mlrd frankka ko'paydi.
Eslatib o'tamiz, Kot-d'Ivuarning guruhdagi raqiblari Kamerun, Gvineya va Mali terma jamoalaridir. Oldinroq jamoaga etarli moliyaviy yordam etishmaganligi uchun Kot-d'Ivuarni musobaqadan chetlatish xavfi bor edi.

Fikrlar