Kostas Manolas "Inter" diqqatini tortdi

Tolibjon Qosimov
23 fev 2017, 20:13
"Roma" himoyachisi Kostas Manolas "Inter" diqqatini tortdi.
Buni "Tuttsport" tasdiqladi. Manbaning ma'lum qilishicha, Milan shahri klubi rahbariyati Italiya chempionati navbatdagi 26-turida "Roma" bilan bo'ladigan o'zaro o'yinda rimliklarning xo'jayinlari bilan himoyachining transferi borasida muzokara olib borishadi. Futbolchining taxminiy transfer narxi 38 million evro deb baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Tuttsport