So’nggi yangiliklar

21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  1 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  2 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  6 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  5 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  7 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  2 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  8 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  5

JCH-2018. Serbiya supergol evaziga Kosta Rikani mag'lub etdi Yangiliklar

JCH-2018. Serbiya supergol evaziga Kosta Rikani mag'lub etdi

JCH-2018ning 1-turidan o'rin olgan Kosta Rika - Serbiya uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

YANGILASH

O'YIN TUGADI. SERBIYA KOLAROVNING GOLI EVAZIGA RAQIBNI MAG'LUB ETDI

90+7. Kichik to'xtalish. VAR tizimi ishlamoqda. Uzoq muddat video kuzatildi. SHu boisdan ham Aleksandr Priyovichga sariq kartochka berildi.

90+5. Kosta Rika futbolchisi Brayan Ruis kichik masofadan zarba berdi. Bu noaniq ketdi. Ammo ofsayd bor edi.

90+3. Maydonda janjal. Matich raqib jamoa bosh murabbiyi bilan urushib ketdi.

90+2. Kempbell uzoq masofadan to'p oshirib bergandi. Ivanovich esa to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pidan esa foyda chiqmadi.

90+1. Kosta Rika xavfli vaziyatga ega bo'ldi. Zarba esa posbonning qo'liga borib tushdi.

90. ZARBAAAAAAAAA!!!! Kostichning zarbasi biroz noaniq ketdi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

89. Serbiyada o'zgarish. Mitrovich o'rniga Aleksandr Priyovich.

88. Kosta Rika gol urish uchun qattiq harakat qilmoqda. Biroq harakatlar o'xshamayapti.

87. XAVFLI VAZIYATTTTTT!!!! Mitrovich darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqqandi. Himoyachi uning oyog'iga tepib, vaziyatni yumshatdi. Biroq bu vaziyatga penalti berilmadi.

85. Serbiya oldinga o'tgandi, biroq ofsayd tufayli barchasi to'xtadi.

84. Kosta Rika pozicion hujumga o'tishga qiynalmoqda. Serblar bo'sh zona qoldirmayapti.

83. Serbiyada o'zgarish. Dushan Tadich o'rniga Antonio Rukavina tushdi.

80. Kempbell hujumga o'tgandi. Biroq to'pni oldirib qo'ydi. Hujum raqib jarima maydonchasining ostonasida to'xtadi.

79. O'yin surati yana oshdi. Endi ikki tomon ham hujumlarga o'tmoqda.

77. Hozir Serbiya hisobdagi farqni oshirishi mumkin edi. Filip Kostichning zarbasi aniq ko'rinish olmadi.

76. Sergey Milinkovich-Savichning bir o'zi katta masofani bosib o'tdi va taxminan 20 metrlardan zarba berdi. To'p noaniq ketdi.

75. Serbiya hujumga o'tgandi. To'p raqib jarima maydonchasi ichiga etib borganida Milinkovich-Savich havodagi kurashda fol ishlatdi.

74. Kosta Rikada o'zgarish. De Guzman o'rniga Kolindres tushdi.

73. Kosta Rika bosimni oshirmoqda. Burchak to'pi.

72 Bu samarasiz bo'ldi. To'p uzatilishini himoyachilar qaytardi. Kosta Rika ikkinchi temp bilan hujum uyutirmoqchi bo'lgandi. Biroq bu ham befoyda.

71. Kosta Rikada xavfli jarima zarbasi. Kolarov gol urgan nuqtadan deyarli.

70. Serbiyada o'zgarish. Lyaich o'rniga Filip Kostich tushirildi.

69. Goldan keyin tempi anchagina tushib ketgan. O'yin markazda davom etmoqda.

67. Kosta Rikada o'zgarish. Urenya o'rniga Kempbell tushdi.

66. Maydon markazida Sergeyga nisbatan fol ishlatildi. Endi Serbiya oldinga o'tishga intilmoqda.

64. Serbiya goldan ikkinchi raqamga o'tib oldi. Asosiy hujumlar evropaliklar tomonida bo'lib turibdi.

63. Kosta Rika yana oldinga o'tgandi. Biroq Stoykovich o'z o'rnida.

61. Kosta Rika gol kiritish uchun xshi imkoniyatga ega bo'lgandi. Jarima zarbasidan oshirilgan to'pni himoyachilar qaytarib yuborishdi.

60. Kosta Rikada o'zgarish. Venegas o'rniga Bolanos tushirildi.

60. Ogohlantirish: Branislav Ivanovich.

Himoyachi belgilangan jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda bajardi. Dahshatli gol!!! Navas zarba oldida ojiz qoldi!

56. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!!!!!!!!!! KOOOOOOOLLLLLLLAAAAAARRRROOOOOVVVV!!! 0:1!!!

55. Kosta Rika darvozasi oldida jarima zarbasi.

54. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin. Serbiya burchak zarbasini amalga oshirdi. Mitrovichning boshi bilan bergan zarbasiga kuch etishmadi. 

53. 20-raqamliklar to'qnashuvida De Guzman qo'polroq bo'ldi. U Sergeyni yiqitdi.

50. ZARBAAAAAAAAAAA!!! Mitrovich birga bir holatdan foydalana olmadi. Navasdan yana bir seyv. Ikkinchi bo'lim ham ajoyib boshlandi.

48. Kosta-Rika yana bir hujumni tashkil etmoqchi bo'lib turganida Kalvo to'pni to'xtatishda xatolikka yo'l qo'ydi.

47. Ilk daqiqalardan Kosta Rika tashabbusni o'z qo'liga olishga intilmoqda.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45+1. Urenya hujumga o'tgandi. Biroq himoyachilar uni to'xtatib qolishdi.

45. Mitrovich oldinga o'tayotgan bir vaqtda Selso Borges uning "ishtoni"dan tortib qoldi.

43. ZARBAAAAAAAAAAAAA!!! Milinkovich-Savichning chalqancha bergan zarbasini Navas qaytardi. Juda chiroyli zarba bo'lgandi. Ammo hakam bahsli ofsaydni belgiladi.42. Kosta Rika uzoq muddat pozicion hujum uyushtirdi. Kalvoning zarbasi noaniq ketdi.

41. Ikki tomon ham durangga rozi ko'rinmoqda. Hujumlar kamaydi.

40. Taymning oxirida Kosta Rika jonlandi. Ular burchak to'pini ishlab olishdi.

39. ZARBAAAAAA!!! Dushko Toshichning xatosidan keyin Urenya zarba berdi. Noaniq.

38. Kosta-Rika ancha paytdan buyon ilk marta oldinga o'tdi. Biroq bundan samara chiqmadi.

37. Taxminan 15 daqiqa vaqt davomida golga tortadigan xavfli vaziyat ko'rmadik. Jamoalar kreativlikdan chekinishmoqda.

35. Serbiyada stantdart vaziyat. Biroq bundan samara chiqmadi. Ikkinchi temp bilan hujum uyushtiriladigan bir vaqtda ikki termaning bir nafardan futbolchilari jarohat olishdi.

33. Kosta-Rika va Serbiya orasidagi farq ko'rinmoqda. Serblar kuchliroq ekan.

32. Serbiya bir necha daqiqa himoyada dam olib, kuch to'pladi. Endi ular hujumga yanada qattiqroq etibor berishyapti. 

30. Kosta-Rika raqib bosimidan chiqib ketdi.

28. Serbiya yana hujumga o'tdi. Sergey Milinkovich-Savichning zarbasini Navas qaytardi. Biroq bayroqcha ham ko'tarildi.

26. Serbiya yana oldinga o'tdi. Mitrovich zarba berib, gol urishga tayyor turganida Kalvo uning yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Xavf bartaraf etildi. 

23. Serbiya biroz tin olmoqda. O'yin yana markazga ko'chdi.

21. UXXXXXXX!!! Francisko Kalvo Tadichga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka ishlab oldi.

19. So'nggi 5 daqiqa Serbiyaning katta bosimi ostida o'tdi.

18. Tadich o'ng qanotda bir necha futbolchini joyida turgan holda aldashga harakat qildi va to'pni jarima maydonchasi ichiga oshirib berdi. Oqlardan hech kim yo'q.

16. Serbiya yana bir marta oldinga o'tdi. To'p Mitrovich tomon oshirib berilgandi. Biroq hujumchiga to'p etib bormadi.

15. XAVFLI VAZIYATTTTTTTTT!!! Branislav Ivanovich o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va to'pni darvoza tomon oshirib berdi. Navas to'pni qaytarib yubordi. Maydonda xavfli vaziyatlar ko'payib ketmoqda. Ishoning yozishga ham ulgurmayapmiz.14. O'yin yana qiziqarli ruhda o'tmoqda. Ikki tomon ham ketma ket hujum uyushtirmoqda.

13. Serbiya ham xavfli hujum uyushtirdi. Aleksandr Mitrovichning zarbasi himoyachiga teggan holda posbonning qo'liga borib tushdi.

12. Hisob ochilishi mumkin edi. Burchakdan oshirilgan to'p Kosta-Rika himoyachisi Gonsalesni topdi. Uning boshi bilan bergan zarbasi anchagina noaniq ketdi.10. Kosta-Rika yana hujumga o'tdi va burchak zarbasini ishlab oldi.

9. O'yin tempi biroz tushdi. To'p asosan markazda o'ynalmoqda.

7. Serbiya oldinga o'tdi. Kolarov qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlab berdi. Biroq to'pga hech kim eta olmadi.

5. Kosta-Rika yana hujumga o'tmoqda. Bu to'rt yil oldingi Kosta-Rikaga o'xshamoqda.

3. O'yin yuqori temp bilan boshlandi. Ko'rinishidan biz eng chiroyli uchrashuvlardan birini tomosha qilamiz shekilli.

2. ZARBAAAAAAAA!!!!! MARKOS URENYAYAYA!!! Kosta-Rika hujumga hujum bilan tezkor javob qaytardi. Hisob ochilishi mumkin edi. Burchak to'pidan keyin kosta-rikaliklar yana zarba berdi. Yana bir bor posbon o'z o'rnida.2. Luka Milivoevichning zarbasini himoyachilar qaytarib qoldi.

1. Ilk daqiqalardan Serbiya oldinga o'tdi va burchak zarbasi ishlab oldi.

1. O'YIN BOSHLANDI


- Davlatlarning madhiyalari yangramoqda. O'yin boshlanishiga oz qoldi.

Ayni damda stadion shunday holatda. Rasmni qimirlatib ko'ring.


JCH-2018. 1-tur.

Costa Rica

World Cup Grp. E . 1-tur

17/06/2018, 17:00

1
:
0
Tugadi

Serbia

Aleksandar Kolarov - 56'

Stadion: Cosmos Arena, 41432 tomoshabin

Bosh hakam: Malang Diedhiou

45'
90'
22'  Francisco Calvo
56'  David Guzman
60'  Johan Venegas (Christian Bolanos)
66'  Marcos Urena (Joel Campbell)
73'  David Guzman (Daniel Colindres Solera)
56'  Aleksandar Kolarov
59'  Branislav Ivanovic
70'  Adem Ljajic (Filip Kostic)
83'  Dusan Tadic (Antonio Rukavina)
90'  Aleksandar Mitrovic (Aleksandar Prijovic)
90'  Aleksandar Prijovic

Kosta Rika - Serbiya 0:1
Gol: Aleksandr Kolarov (56).
Kosta Rika: 1. Keylor Navas, 2. Jonni Akosta, 3. Jankarlo Gonsales, 6. Oskar Duarte, 15. Francisko Kalvo, 16. Kristian Gamboa, 5. Selso Borxes, 10. Brayan Ruis, 20. David Gusman (Daniel Kolindres, 74), 11. Xoan Venegas (Kristian Bolanos, 60), 21. Markos Urenya (Joel Kempbell, 67)
Serbiya: 1. Vladimir Stoykovich, 3. Dushko Tadich, 6. Branislav Ivanovich, 11. Aleksandr Kolarov, 15. Nikola Milenkovich, 10. Dushan Tadich (Antonio Rukavina, 83), 4. Luka Milivoevich, 20. Sergey Milinkovich-Savich, 21. Nemanya Matich, 22. Adem Lyaich (Filipp Kostich, 70), 9. Aleksandr Mitrovich (Aleksandr Priyovich, 89).
Ogohlantirish: Francisko Kalvo (22), Branislav Ivanovich (60).

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика