So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  1 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Kosonsoyda Samaraxon Karimov xotirasiga turnir o'tkazildi FOTO Yangiliklar

Kosonsoyda Samaraxon Karimov xotirasiga turnir o'tkazildi FOTO

Bugungi kunda 9 may, tom manoda yurtimizning gullab-yashnashiga o'z xissasini qo'shgan insonlar xotirasi yodga olinadigan, faxriylarga izzat – ikrom, mehr oqibat odatdagidanda ko'proq ko'rsatiladigan muborak sanaga aylangan.

SHu munosabat bilan Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 9-may - Xotira va qadrlash kuni hamda tuman faxri Samaraxon Karimovning 85 yilligiga bag'ishlangan mini-futbol bo'yicha Xotira turniri o'tkazildi.

Turnirga Samaraxon Karimovning farzandlari, nabiralari tashrif buyurishdi.


Qura natijasi bo'yicha ko'ra, 20 ta jamoa, 4-guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishadigan bo'lishdi. Jamoalar o'rtasidagi musobaqa juda qiziqarli, teng kuchlar ostida o'tdi.

Finalda Davr 1987 hamda Borussiya Dortmund jamoalar to'qnash kelishdi. Murosasiz va teng kurashlar ostida o'tgan bahsda Davr 1987 jamoasi raqibini 4:3 hisobida engib, bosh sovringa sazovor bo'ldi.


2-o'ringa Borussiya Dortmund loyiq ko'rilgan bo'lsa, 3-o'rin esa Kosonsoy A-Seriya hamda Guliston jamoalariga nasib etdi.

SHuningdek, turnirda “Eng yaxshi futbolchi” (Akmalxon Abdullaev, Borussiya Dortmund), “Eng yaxshi darvozabon” (Abdusami Rahimboev Davr 1987), “Eng yaxshi to'purar” (Baxodirxon Inomov, A-Seriya), “Eng yaxshi yoshi katta futbolchi” (Ibrohimjon Karimov, Qorasuv), “Eng yaxshi yosh futbolchi” (Azimjon Muhammadazimov, Zakovat), “Eng namunali futbolchi” (Nosirxon Boboev, A-Seriya), “Eng chiroyli gol muallifi” (Jamolxon Hamidov, Kosonsoychi), “Eng shiddatli xujumchi” (Islomxon Zokirov, Davr 1987), “Eng mexnatsevar futbolchi” (Farxod Ataxanov, Guliston) nominaciyalar bo'yicha qimatbaho sovg'alar o'z egalariga topshirildi.
Tadbir so'nggida Samaraxon Karimovning farzandlari Muyassarxon Karimova so'zga chiqib, turnir g'oliblarini samimiy qutlab, tadbirni tashkil etgan Jaxongirxon Xojixonovga otalari ruhini shod etganliklari uchun chin dildan o'z samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

O'tkazilgan ushbu xotira turniri barchaning ko'nglida iliq taassurot qoldirdi.



Samaraxon Karimov xotira turniri.
CHorak final
2 may (seshanba)
1/4 final
A-Seriya - Bogishamol - 4:3
Dortmund - Olmazor-3:2
Davr 1987 - Kosonsoychi - 4:2
Guliston - Zakovat - 3:2



1/2 final
4 may (payshanba)

Davr 1987 - Guliston - 2:0
A-Seriya - Borussiya Dortmund - 3:4
3-o'rin uchun baxs o'tkazilmaganligi sababli, Guliston va A-Seriya jamoalariga berildi.
Final
6 may (shanba)

Davr 1987 - Borussiya Dortmund - 4:3.
1-o'rin – Davr 1987
2-o'rin – Borussiya Dortmund
3-o'rin – A-Seriya, Guliston.

Rustamxon Temirov


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика