So’nggi yangiliklar

17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   0 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  2 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  6 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  18 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  1 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2 13:49"Нефтчи" ва "Навбаҳор"га ўрнатилган тақиқ кучида қолди. Ушбу клублар ёзги трансфер ойнасида хорижлик футболчини рўйхатдан ўтказа олмайди   16 13:25Савич Туркия топ-клубига ўтди  1 13:02Клублар ўртасидаги ЖЧнинг 32 иштирокчисидан 29 таси аниқ!  11 12:39"Ўзбекистоннинг ўйини мен учун кутилмаган воқеа бўлмади" — Испания олимпия термаси устози  21 12:15"Челси" Испаниядан дарвозабон топди  2

Korrupciya, kelishilgan o'yinlar, inqiroz va mafiya. Argentina futboli va terma jamoasining muvaffaqiyatsizliklarida kimlar aybdor? Yangiliklar

Korrupciya, kelishilgan o'yinlar, inqiroz va mafiya. Argentina futboli va terma jamoasining muvaffaqiyatsizliklarida kimlar aybdor?

Yomon samolyotlar, tizimdan pul qilish, pora: Argentina terma jamoasi mansabdorlardan aziyat chekmoqda.

2014 yilda Argentina futbol associaciyasi prezidenti Xulio Grondona yurak etishmovchiligidan vafot etdi. Bir yil o'tib saylov bo'ldi.

Nomzodlar bor-yo'g'i ikki kishi edi, saylovchilar esa 76 nafar. Ikkala nomzod (Grondona vorisi Luis Segura va o'zgarishlar tarafdori Marselo Tinelli) 38tadan ovoz olishdi. Natija bekor qilindi, keyingi saylov 2016 yilning iyunida o'tishi kerak edi: Bu sanagacha associaciyani Segura boshqardi. Iyun oyida u teleshartnoma bo'yicha firibgarlikda ayblanib, istefoga chiqdi.


Katta muvaffaqiyatsizliklar haqida gapirilganda. futbolchilar kompyuter obrazi emasligi va ularga yaratilgan sharoit katta ahamiyatga ega ekanligi juda kam eslanadi. Muxlislar Lotin Amerikasi ligalarida o'ynaydigan futbolchilar bilan maydonga tushayotgan Messini yoki Leo tufayli endi shakllangan uslub buzilganini ko'rishadi. Buning ortida turgan sharoit esa faqat jamoaga malum.


Teparoqda aytilgan gaplar Argentina futbolidagi tartibsizlik qanday darajada ekanligini ko'rsatadi. Top jamoa hamma narsadan pul tejaydi.


Argentina futbolini 35 yil diktator boshqardi. U millionlab dollar ishlab oldi

Argentina so'nggi bor biror sovrin yutganida (93 yilda Kopa Amerika) Messi hali maktabga bormas edi. Ammo muammolar Leo tug'ilishidan ancha oldi, 1979 yilda, Xulio Grondona AFA prezidenti bo'lganida boshlangan.


Argentina amaldagi jahon chempioni edi, unda Maradona va Kempeslar o'ynardi. Milliy chempionat dunyodagi eng kuchlilaridan biri bo'lgan. Kelajak porloqdek ko'ringandi, biroq yangi rahbar kim ekanligini hech kim bilmagan.


Yangi prezident rahbarlik lavozimlariga o'z yaqinlarini qo'ydi (uning ikki o'g'li katta joylarni egalladi) va karerasida jiddiy muvaffaqiyatga erishdi. 1988 yilda u FIFA vice-prezidentiga aylandi, 10 yildan keyin esa do'sti Zepp Blatterga rahbarlikni olishda yordam berdi. Grondona FIFAning moliyaviy qo'mitasini boshqardi va bir necha o'n yil dunyo futbolida ikkinchi inson bo'ldi, biroq u na ingliz tilini va na iqtisodni bilardi.

Boss Argentinada mafiya takitikasidan foydalandi - tarafdoshlarini ko'paytirib, dushmanlarini jazolardi. Grondona televizion va reklama shartnomalarini nazorat qilardi, homiylik va mukofot pullarini o'zi bo'lib berardi. Unga qarshi chiqqanlar esa kam pul olgan. Yirik klublar millionlab qarzga botdi, kichiklari esa yopilib ketdi, ammo hech kim Xulioni ochiqchasiga tanqid qila olmadi. Xulio vafotidan keyin ham undan qo'rqishdi: FBR korrupcion zanjirni aniqladi va uning bir tomoni Argentinada edi. Guvoh Grondonaning ismini aytmadi - faqat "birinchi raqamli futbol mansabdori" va "FIFA vice-prezidenti" degan so'zlarni ishlatdi.

Bu guvoh shveycariyalik bankir Xorxe Arzuaga edi. Uning so'zlariga ko'ra, 2010-2014 yillarda Grondona faqat u orqali 25 mln. dollarlik pora olgan (Torneos telekompaniyasidan). Prezident vafot etganida, Arzuaga pullarni sohta shartnomalar orqali uning avlodlari (o'g'illari, nevaralari va kuyovlari)ga o'tkazib berdi.


Bankir bu guvohlikni berishidan avval Grondona 10 mln. dollar pora olganlikda shubha qilingan. JAR 2010 yildagi jahon chempionati uchun bu pullarni o'tkazib bergan, biroq qog'ozlarda "Karib hovuzida Afrika diasporasini qo'llab-quvvatlash" uchun deyilgan edi.

Keyinroq Grondonaning AFAdagi sobiq yordamchisi Karlos Avila yorildi. U nega Grondonaning hisoblarini kuzatish juda qiyinligini aytib berdi. Malum bo'lishicha, Xulio AFAning ancha oldin vafot etgan xodimi nomiga hiob ochgan ekan. O'sha hisobdan 30 mln. dollar topildi.

Grondona tenderdagi g'alabalardan pora olgan, AFA g'aznasidan esa cho'ntagidagi pul kabi foydalangan. Argentina futboli kambag'allashib borardi, biroq Xulio va uning yaqinlari o'nlab million dollar ishlab olishdi. U deyarli hamma narsani nazorat qilardi: Hakamlar orasida nega yahudiylar yo'qligini so'ragan jurnalist o'sha oyda ishsiz qolgandi. Hukumat Grondonaga foydali shartnoma taklif qilganda (xususiy kompaniyalar beradigan 600 mln. peso o'rniga 1,2 mlrd. peso), u bitimni rad etishni o'ylagan, chunki xususiy kompaniyalar katta pora berishardi.

Grondona mamlakat futbolini o'ylamasdi. U uzoq vaqt Argentina futboli formatini o'zgartirdi va natijada o'zi uchun qulay tizimni shakllantirdi. Xulioni tahdid orqali kelishilgan o'yinlar tashkillashtirishda ayblashdi. Prezident klub oldiga shart qo'yib, ular uchun qulay natija qilib berar edi. Ichkaridan jamoalarni Barra Bravaning mafiyasi boshqargan. Barra Brava narkotrafik va chiptalar sotuvini boshqarib, klublar byudjetidan kun ko'rgan va futbol bilan put topish uchun shug'ullangan. U tufayli har yili 6-7 nafar muxlis vafot etgan.


Hozir AFAni Grondona tarafdori boshqaradi. Uni bir necha marotaba sud qilishgan

Buning hammasini hisobga olsak, argentinaliklar Grondonaning vafotidan xafa bo'lmaganlari ajablanarli holat emas. Uning o'limi insonlarga umid berdi.

Aslida esa hammasi yanada yomonlashdi. O'zgarishlar tarafdorlari birinchi saylovdayoq yutqazishdi, mamlakat futboli tepasiga esa Grondona izdoshlari keldi. Segura istefosidan so'ng, Klaudio "CHiki" Tapiya AFA prezidentiga aylandi.

"Men Grondona tufaylli bunday muvaffaqiyatlarga erishdim. O'lgunimga qadar uning ishlarini davom ettirish uchun kurashaman" - degandi Tapiya 2015 yilda.

Tapiya 79 yildagi Grondona kabi mashhur emas edi. Klaudio bungacha soyada bo'lgan, ammo saylovda o'z nomini qo'yganidan so'ng rahbariyatni mo'ljal qildi. U "Independente" prezidenti Ugo Moyanoning qiziga uylangan edi. Boy va tasir doirasi katta bo'lgan qaynota bo'lajak prezidentning saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirdi.

Tapiyaning uslubi ustozinikiga o'xshab ketardi. Boshqaruv futboldan tashqariga chiqib ketdi. U Grondona kabi toza ishlay olmadi va shu sababli unga nisbatan jinoiy ishlar ochildi. 2015 yilda u CEAMSE (ekologiyani himoya qiluvchi davlat organi) vice-prezidentiga aylandi va Ipsa Ambienteal SA kompaniyasini boshqardi. Tapiya ikkala joydan maosh olgani tufayli, kuzatuv ostiga tushdi.

O'shanda unga nisbatan boshqa ish ochildi, bu ish bilan esa Adliya Vazirligining o'zi shug'ullandi. Tapiya AFA saylovlarida g'olib bo'lish uchun CEAMSEdagi rahbarligidan foydalandi. Bir yil davomida u davlat korxonasidagi katta maoshli joylarga Fabian Lovato, Xorxe Milano va Fransisko Marinani qo'ydi. Ularning har biri Argentina futbolidagi muhim insonlar edi.


Tapiyaning o'ng qo'li "Barrakas Sentral" vice-prezidenti va FIFA ijrochi kotibi Santyago Toviggino edi. 2015 yilda uni saylovlarni sohtalashtirishda sudlashdi. 2017 yilda esa narkotrafikda aloqadorlikda ayblashdi.


AFA Argentina o'yinlari savdosi bilan shug'ullanadi

Bu "soqqakashlar" guruhi terma jamoada pul topish imkonitini qo'ldan boy bera olmas edi. Argentinada dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisidan biri to'p tepadi, u bilan esa boshqa yulduzlar o'ynaydi. Aguero, Dibala, Messi - katta foydadek eshitilmoqda.

Taxminlarga ko'ra, Argentina terma jamoasi uchrashuv o'tkazish 1 million dollar turadi (plyus translyaciyadan tushadigan pullar), ammo nyuans bor. Bunday pul to'lanishi uchun maydonda Messi bo'lishi kerak. Top terma jamoalar Argentina bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish uchun pul to'lashmaydi, chunki daraja teng. SHu sababli AFA terma jamoani butun dunyo bo'ylab parvoz qildirib, o'rtamiyona va kuchsiz jamoalardan millionlar ishlab oladi.


Aynan shu sababli terma jamoa yirik turnirlarga yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmaydi. Argentina FIFA reytingida yuztalikka kirmaydiganlar bilan bahslar o'tkazadi, haqiqiy raqiblar esa bundaylardan o'n baravar kuchli. Argentinaliklar JCH-2018 oldidan Gaiti, Kopa Amerikadan oldin esa Nikaragua bilan uchrashuv o'tkazdi.


Ammo bu hali hammasi emas. Mansabdorlar boshqa tomondan ham pul topishadi. Argentina - doimo kelishilgan o'yinlarda shubha qilinadigan dunyodagi yagona top terma jamoa. 2010 yildagi voqea (Grondona Messining oyoqlariga tepishmasligi uchun Irlandiya terma jamoasining har bir futbolchisiga 10 ming dollardan to'lagan) bunday uchrashuvlar qatoriga kirmaydi.


Eng shov-shuvli mojaro 2011 yilda, Argentina Nigeriyada 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchraganida sodir bo'lgan. Mehmonlar urgan yagona gol 98-daqiqada belgilangan shubhali penaltidan kiritilgan. Uchrashuvdan so'ng esa kontoralar 4,5tadan ko'p gol tikishlariga yuz minglab dollar to'lab berishgan. FIFA tekshiruv ishlarini boshladi va sakkiz yil o'tib uchrashuvning nigeriyalik hakamini bir umrga futboldan chetlatdi.


Argentinada pul yo'q. Ular murabbiylardan tortib tansoqchilargacha pul tejaydi

Argentinalik murabbiylar dunyodagi eng kuchli mutaxassislardan hisoblanishadi, ammo terma jamoa Kopa Amerikaga bungacha faqat assistent bo'lib ishlagan murabbiy bilan keldi. Associaciya har yili 15-20 mln. dollar oladigan Simeone va Pochettinoga maosh bera olmaydi. Argentina terma jaomasi har bir mingni tejab ishlatadi. Grondona va uning izdoshlari AFAni kambag'alga aylantirdi.

Bir yil avval Associaciya top murabbiyni taklif qilish haqida o'ylamadi ham, ularga Sampaoli istefosi uchun pul etmadi. Yana bir yil oldin esa AFA uning tayinlanishi uchun punli qiyinchilik bilan topgandi. Sampaoli arzon variant bo'lgan Edgardo Bausa o'rniga keldi.


Umuman olganda, argentinalik top murabbiylar yaxshi maosh evaziga ham terma jamoani boshqarmagan bo'lardi, ammo Bericco va Gareka kabi murabbiylarga murojaat qilinganida ular Kopa Amerikaga Paragvay va Peruni emas, balki haqiqiy Argentinani olib kelgan bo'lardi. Jamoa har doim ham uchrashuvlardan keyin dam olmaydi, soatlab aeroportda samolyot kutadi. Keyiyn er sharini yarmini uchib o'tib, Nigeriya-2011 kabi shubhali o'yinlarda ishtirok etadi. Murabbiylar Messini maydonga tushirishlari shart, boshqa federaciyalar uning ishtiroki uchun katta pul to'lashadi, shu sababli Leo AFA uchun juda kerakli futbolchi.

So'nggi bir necha yil Associaciya inqiroz yoqasida turibdi. Tizim ishlayapti - teleshartnomalar o'syapti, homiylar pul to'lashmoqda, biroq pullar futbolgacha deyarli etib bormayapti. 2016 yilda AFA o'ziga tegishli bo'lmagan pullar bo'yicha qarzdor bo'lib qoldi: Argentina hukumati milliy chempionatni qo'llab-quvvatlash uchun ajratgan 350 mln. peso (8 mln. dollar) klublargacha etib bormadi. Aynan o'sha yili Messi milliy terma jamoa tansoqchilarining maoshini yonidan to'lab bergan.

Associaciya xatto uchishlardan ham pul tejaydi. 2016 yilda mansabdorlar Belu-Orizontiga uchun uchun reys izlab, tender elon qildi. Milliy jamoa samolyoti tamirlashga yuborilgan edi.


AFA aviakompaniyalardan oltita taklif oldi. Tender qoidalariga ko'ra, ishtirokchilar nomi elon qilinmadi. Ammo 6 davogarning 5tasi samolyot nomini ko'rsatdi, buning sababi oddiy: Odamlar xavfsizligi hamma narsadan ustun. Biroq AFA samolyot modeli ko'rsatilmagan aviakompaniyani tanladi. Ushbu nomzodning yagona ustunligi uning narxi edi: 99 ming dollar.

"Harajatlar katta bo'lmasligi uchun ularni tanladik. AFAda moliyaviy muammolar bor" - degandi associaciya vakili Migel Xirsh.

Malum bo'lishicha, AFA Boliviyaning La Mia kompaniyasi samolyotini yollagan. Bu kompaniya uchishlar narxi azonligi bilan mashhur. Mish-mishlarga ko'ra, ular xatto yonilg'idan ham pul tejashar ekan. Argentina terma jamoasi Avro RJ85 samolyotida uchdi. Ikki hafta o'tib, shu samolyotda "SHapekoense" aviahalokatga uchradi. Samolyotning yonilg'isi tugab qoldi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика