Koronavirus "Uotford"ning qaysi o'yinchisida aniqlangani malum bo'ldi
21 may 2020 00:11
Yangiliklar
Koronavirus "Uotford"ning qaysi o'yinchisida aniqlangani malum bo'ldi
Koronavirus bilan "Uotford" himoyachisi Adrian Mariappa kasallangan.
Oldinroq, Angliya Premer-ligasi infekciyaning oltita holati haqida xabar bergan edi, shulardan uchtasi "Uotford"da qayd etilgandi: bir o'yinchi va ikki klub ishchisi.
33 yoshli futbolchining so'zlariga ko'ra, unda kasallikning hech qanday alomatlari sezilmagan. Endilikda uni etti kunlik karantin kutmoqda, shundan so'ng u yana test topshirishi lozim bo'ladi.
"Deyarli uydan chiqmasdan turib, o'zingizni normal his qilgan holatda virusni yuqtirib olish juda qo'rqinchli.
Agar biz mashg'ulotlarga qaytib, testdan o'tmaganimizda menda virus borligini bilmasdan hayot kechirishda davom etgan bo'lardim", - deydi Mariappa.
Fikrlar