Koronavirus "Milan derbisi" oldidan yana bir futbolchini safdan chiqardi
09 okt 2020 20:32
Yangiliklar


Koronavirus "Milan derbisi" oldidan yana bir futbolchini safdan chiqardi
"Milan"ning markaziy himoyachisi Matteo Gabbiya koronavirus bilan kasallandi.
Matteo 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat Italiya terma jamoasi ixtiyorida edi. Uning infekciya uchun topshirgan testi ijobiy natija bergan.
Ayni paytda "Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich va himoyachi Leonardo Duarte ham Covid-19 bilan kurash olib boryapti.
17 oktyabrga belgilangan "Milan derbisi" oldidan "Inter" tarkibida ham koronavirusga chalingan futbolchilar aniqlangan – yarim himoyachilar Raja Nainggolan va Roberto Galyardini, himoyachilar Milan SHkrinyar va Alessandro Bastoni.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar