So’nggi yangiliklar

16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  0 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  0 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  7 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  14 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  4 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  6 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  15 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  4 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0

Koronavirus Info. Xitoy koronavirusni qanday engdi? Yangiliklar

Koronavirus Info. Xitoy koronavirusni qanday engdi?

Teglar :  koronavirus
Xitoyning Uxan shahri va Xubey provinciyasidagi vaziyat oxirgi paytlarga kelib ancha yaxshilandi.

Bundan bir yarim oy oldin Uxandagi videoroliklarda asosan huvillab qolgan ko'chalar, kimsasiz do'konlar, ovqatsiz va hatto hojatxona qog'ozisiz uyda o'tirgan odamlar namoyish etilgan bo'lsa, endilikda vaziyat o'zgardi: ko'chalarda mashinalar yura boshladi, odamlar birin-ketin uydan chiqishyapti. 

Xitoy hukumati tomonidan ogohlantirilganidek, koronavirusning tig'iz payti o'tib bo'ldi, eng katta xavf ortda qoldi va aprel  o'rtalariga kelib butun mamlakat COVID-19dan to'liq xalos bo'ladi deyilmoqda. 

Endilikda virus Xitoydan chekinib butun Evropani qamrab oldi, hatto Italiyada koronavirus yuqtirib vafot etayotganlar soni Xitoyga qaraganda ko'pchilikni tashkil etyapti. SHunday ekan, savol tug'iladi: bir yarim milliard aholisi bor Xitoy qanday qilib ushbu xavfni engishning uddasidan chiqdi? 

Avvalo shuni aytish kerak, xitoyliklar nihoyatda tartibli xalq. Ular hukumat uydan ko'chaga chiqmanglar, karantin holatida o'tiringlar dedi va xalq hukumatning gapini ikki qilmadi. Natijada koronavirus tarqalgan Xubeyni ruxsat bilan yoki ruxsatsiz tark etish hollari kuzatilmadi. SHuningdek, Xubeyga olib boruvchi barcha yo'llar yopildi, aeroport, vokzallar ishlamadi. 

G'arbda yanvardayoq Xitoy karantinning o'rta asrlardagi uslubidan foydalanyapti deb keskin tanqid qilishga tushishdi. Endi bo'lsa Evropa Ittifoqiga azo mamlakatlarning o'zi Xitoy qo'llagan usulni takrorlayapti: yo'llar yopilgan, odamlar uydan chiqmagan, xullas hamma joyda aholi o'zini qulflab olgan. 

Masalan, Italiyada koronavirusning bunchalik tez avj olishi sababi odamlar boshidan bunga beparvo munosabatda bo'lishdi. Virusdan jabr chekkanlar soni 100 nafarga etsa ham italyanlar mehmonga borishda davom etib, vaqtlarini kafe-restoranda chog' o'tkazib (ular o'z hayotlarini restoransiz tasavvur qila olishmaydi), buning ustiga jamoat transportidan har kuni foydalanaverishdi. Natijada virus tarqalishi tobora avj olib buyog'iga kech bo'lgandi. 

Xitoy esa kasallik boshlanishi bilanoq mamlakatda karantin elon qildi, tartib-intizom o'ziga yarasha qattiq bo'ldi. To'g'ri, 80 ming xitoylik bundan aziyat chekdi, bu raqam har qancha katta ko'rinmasin, bir yarim milliard aholisi bor davlat uchun dengizdan bir tomchi. 

Bundan tashqari xitoyliklar sifatli tibbiyot uchun umuman pulni ayashmadi. Malumki, Xitoyda tibbiy xizmat bepul emas, aksincha birmuncha qimmat turadi. Lekin hukumat koronavirusga chalingan bemorlarni bepul davolashga tushdi. SHuningdek, aholining barcha qatlami uchun tahlil topshirish bepul qilib belgilandi. Vaholanki, Xitoyda bitta analiz 370 yuan (taxminan 53 dollar) turadi. 

Xitoy koronavirusga qarshi kurashish uchun juda katta summa - 15 milliard dollar ajratdi. Bu pul shifokorlar maoshini oshirish, yangi kasalxonalar qurish, kasalxonalarni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash uchun sarflandi. SHuningdek, kislorodni qonga yaxshi haydaydigan ko'plab yangi apparatlar xarid qilindi, bunga sabab koronavirus eng avvalo qon orqali o'pkaga zarar etkazadi. 

Xitoy elektron tizimga o'tib, naqd puldan foydalanishni to'xtatdi. Vahima ko'targanlar darhol policiya tomonidan qo'lga olinib, kerakli jazo berildi. "Virusga chalinganlar soni aslida ko'p, hukumat o'lganlar sonini yashiryapti, hammamiz o'lamiz" deb hayqirganlarni policiya tezda ushlab ketdi. 

Buning natijasida Xitoyda koronavirusga chalinganlar kamayib bordi, sutkasiga bir yarim ming bemordan 15-16 nafarga tushdi. Va eng katta plyus shundaki, xitoyliklar tibbiy niqob taqib yurishni aslo kanda qilishmadi. To'g'ri, niqob doim ham inson organizmini virusdan mustahkam himoya qilmaydi, buning ustiga har ikki soatda almashtirib turish kerak, lekin infekciya tarqalishini olishda yordam beradi. 

Ikki hafta oldin Evropada hech kim niqob taqmasdi, vaholanki yuzlab odamlar virusdan aziyat chekayotgandi. Endi bo'lsa vaziyat qanday jiddiyligini hamma tushunib etgan. 

Evropaga etishmayotgan narsa bu Xitoydagi kabi tartib-intizomga qattiq rioya qilmaslik. SHuningdek, SHengen zonasida o'zaro chegara ham yo'q. Evropadan farqli o'laroq Osiyo COVID-19 bilan samarali kurash olib boryapti: Yaponiya bilan Janubiy Koreyani olaylik, ular bu borada ancha yaxshi ishlashyapti. 

Bu davlatlarda qo'l bilan salomlashish taqiqlandi, quchoqlashish va o'pishib ko'rishishga ruxsat yo'q, o'zaro gaplashganda masofani saqlash talab etilyapti, bu esa juda katta yordam berdi. 1918-1919 yillarda tarqalgan "ispanka" virusidan asosan hozirgi Zambiya hududidagi afrikaliklar aziyat chekib, grippdan 23 foiz aholi o'lib ketgandi. 

Hozirgi koronavirus esa aksincha, butun dunyoni qamrab olyapti. Xullas Xitoy katta muammolarni echishga qodir mamlakat ekanini yana bir karra isbotlay oldi. Vahimaga tushmasdan, o'zini sovuqqon tutgan holda koronavirusga qarshi kurashishni boshladi, shu bilan birga vahimachilarni qamashdan chekinmadi. 

Hozirgi paytga kelib bu mamlakatda epidemiya tugay deb qoldi. Xitoy tajribasi shuni ko'rsatyaptiki, virusga qarshi samarali kurash olib borish uchun do'konlarga yugurib hojatxona qog'ozi-yu, boshqa narsalarni keragidan ortiq jamlash, maktablarda o'qishni bekor qilish, aviareyslarni to'xtatish bilan ish bitmaydi. 

Bu o'rinda eng muhimi bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish, o'ta malakali shifokorlarni jalb etish hamda test tahlillari uchun aholidan pul olmaslik talab etiladi. SHundagina hammasi tez orada yana joyiga tushadi.

“Argumenty i fakty” materiallari asosida Xayrulla Xoliqov tayyorladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика