So’nggi yangiliklar

15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   2 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  7 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   1 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  14 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1

Koronavirus Info. Andijon shahriga kirish va chiqish cheklovlari belgilandi Yangiliklar

Koronavirus Info. Andijon shahriga kirish va chiqish cheklovlari belgilandi

Koronavirus infekciyasining viloyat hududi bo'ylab tarqalishini oldini olish maqsadida tufayli Andijon shahriga kirish va chiqish cheklovlari belgilandi.

Andijon viloyati aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini taminlash, fuqarolarning hayoti va sog'lig'ini himoya qilish hamda koronavirus infekciyasining viloyat hududi bo'ylab tarqalishini oldini olish maqsadida viloyat hokimining 2020 yil 26 martdagi farmoyishi bilan, 2020 yil 27 mart kuni soat 00:01 dan boshlab, Andijon shahriga viloyatning barcha hududlaridan kirish va Andijon shahridan Respublikaning barcha hududlariga, shu jumladan viloyat tumanlariga chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va engil avtotransport) to'xtatiladi.

Andijon shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog'liq hollarga, shuningdek, Andijon shahrida doimiy yashovchi (ro'yxatdan o'tgan) shaxslarga Andijon shahriga kirish uchun, viloyat tumanlaridan Andijon shahridagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat hokimining alohida topshirig'iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan masul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Belgilangan tartibdan boshqa zarurat bo'lmaganda xarakatlanuvchi transport vositalar qatnovini karantin muddati tugagunga qadar to'xtatib turiladi.

- tegishli boshqarma, idora va tashkilotlar tomonidan Andijon shahriga kirish va chiqish joylariga vaqtinchalik postlarning faoliyatini tashkil qilish va nazoratni yanada kuchaytirish;

- shahar hududiga kirish va chiqish joylarini mutaxassislar bilan taminlash hamda teplovizorlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash;

- Andijon shahriga kirib kelayotgan va chiqayotgan har qanday yuk tashish mashinalari, xodimlar boshqaruvidagi avtomashinalarini majburiy dezinfekciya qilinishini taminlash;

- shahar hududiga kirish va chiqishga qo'yilgan cheklovlarga hamda aholining karantin qoidalariga qatiy rioya etilishini hamda karantin qoidalarini buzgan shaxslarga o'z vaqtida qonunchilikda belgilangan choralar ko'rilishini taminlash;

- Andijon viloyatida obodonlashtirish va qurilish ishlarida ishlayotgan quruvchilar, ishchilar va muhandislar uchun yotoqxona va zarur shart-sharoitlarni tashkil etish;

- tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr energiyasi, telefon aloqasi uchun to'lovlar o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli, ikki oy davomida o'chirilmasligini taminlash vazifalari yuklatildi.

- SHahar va tumanlardagi dehqon bozorlari va oziq-ovqat do'konlariga qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek, dorixonalarga dori-darmonlar va antiseptik vositalarni olib kirilishida alohida maxsus ruxsatnoma asosida, yuk tashish mashinasi va mahsulotlarni dezinfekciya qilgan holda kirishi taminlanadi.

Ushbu farmoyishga asosan, belgilangan tartib va intizom karantin muddati tugagunga qadar qonuniy kuchga ega ekanligini bildirib o'tamiz.


Andijon viloyati hokimligi
MATBUOT XIZMATI.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin

 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика