Korea Football News: Sanjar Tursunov va Lutfulla To'raev K-Ligaga o'tishadi
03 jan 2014 09:01
Yangiliklar

Korea Football News: Sanjar Tursunov va Lutfulla To'raev K-Ligaga o'tishadi
O'zbekiston milliy terma jamoasining ikki yarim himoyachisi faoliyatini Janubiy Koreya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Koreya futbolini yoritib boruvchi KorFootballNews tvitteri bergan xabarga ko'ra Sanjar Tursunov va Lutfulla To'raev K-Ligaga o'tishadi.
Ularning aynan qaysi klublar yoki klub safiga o'tishi borasida boshqa malumot berilmagan.
Bunga qadar K-ligada Server Jeparov, Aleksandr Geynrix va Temur Kapadze kabi hamyurtlarimiz faoliyat olib borishgandi.
Eslatib o'tamiz, Sanjar Tursunov ayni paytda Rossiya birinchi divizionida ishtirok etayotgan "Gazovik" klubiga tegishli bo'lsa, Lutfulla To'raev yaqindagina "Bunyodkor"dan "Lokomotiv"ga ko'chib o'tgandi.

Fikrlar