"Kordoba"ga qarshi o'yin oldidan Luis Enrike ishtirokidagi matbuot-anjumani
02 may 2015 13:45
Yangiliklar


"Kordoba"ga qarshi o'yin oldidan Luis Enrike ishtirokidagi matbuot-anjumani
Bugun "Barselona" Ispaniya chempionati 35-tur doirasida "Kordoba"ga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu uchrashuvdan oldin Luis Enrike ishtirokidagi matbuot-anjumanini etiboringizga havola qilamiz.
- Oldimizda hal qiluvchi to'rtta uchrashuv bor. Jamoa bir necha o'yindan beri juda yaxshi o'yin ko'rsatib kelmoqda. Agar barcha o'yinlarimizda g'alaba qozonsak, raqiblarimiz qanday o'ynashining bizga tasiri bo'lmaydi. Hozir xato qilishga haqqimiz yo'q. "Barselona"ning maqsadi sovrin qo'lga kiritish. Hozircha bu vazifani uddalaganimiz yo'q, ammo maqsadimizga yaqin turibmiz.
"Kordoba" qiyin vaziyatda turibdi. Bu o'yin qiyin bo'lishi aniq, ammo jamoamning g'alabasiga umid qilyapman. Raqibimiz Primeroni tark etishi mumkin.
Futbolchilarimiz ham yuzaga kelgan vaziyatni yaxshi tushunib turibdi, ertaga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

Fikrlar