Ko'pchilikka bu yangilik yoqmapti (So'rovnoma natijalari)
12 dek 2013 14:00
Yangiliklar

Ko'pchilikka bu yangilik yoqmapti (So'rovnoma natijalari)
8 dekabr kuni saytimizga “Qosimovning MTJ bosh murabbiyi lavozimida qolganini qanday qabul qildingiz?” mazmunida so'rovnoma qo'yilgandi.
Aytib o'tganimizdek, bugun mana shu so'rovnoma natijalarini elon qilamiz. Bu so'rovnoma payshanba kuni saytimizdan o'rin olayotgan "Muxlis minbari" loyihasi ichida ekanini ham eslatib o'tamiz.
O'tgan besh kun davomida so'rovnomada 566 kishi qatnashibdi, yani 566 kishi o'z ovozini qoldirgan. Bu esa ishtirokchilar soni avvalgi so'rovnmoa bilan taqqoslaganda haminqadar oshganini bildiradi. Quyida qaysi variant nechta ovoz olganini keltirib o'tsak. Keyin fikrimizda davom etamiz.
Savol: Qosimovning MTJ bosh murabbiyi lavozimida qolganini qanday qabul qildingiz?
Qosimovning qolishi kutilgan edi – 143 ovoz
Men buni umuman kutmagandim – 40 ovoz
Bu yangilik menga sira yoqmadi – 267 ovoz
Terma jamoada qolish-qolmasligi men uchun qiziq emas – 34 ovoz
Qosimov o'z ishini davom ettirishidan xursandman – 82 ovoz
Ko'rib turganingizdek, eng ko'p ovoz “Bu yangilik menga sira yoqmadi” degan variantga kelib tushgan, yani 267 kishi shu javobni maqul ko'rgan. Bu esa so'rovnomada ishtirok etganlarning qariyb yarmi deganidir. Malumki, Mirjalol Qosimov Iordaniyaga qarshi o'tkazilgan o'yinlardan so'ng o'zi istefo so'rab O'FFga murojaat qilgandi. Lekin rahbariyat bosh murabbiyni o'zgartirishni xohlamadi va Qosimov terma jamoada qoldirildi. O'shanda juda ko'p muxlislar o'zgarish bo'lishini kutishgandi, biroq hammasi joyida qolganidan keyin bu yangilik ko'pchilikka yoqmagan bo'lishi tabiiy hol.
“Qosimovning qolishi kutilgan edi” deya ovoz berganlar soni 143 nafarni tashkil qildi. Ishtirokchilarning mazkur variantni tanlashlariga sabab Qosimovning noyabr oyida o'tkazilgan Vetnam va Gonkong bilan o'yinlardagi g'alabalardan so'ng terma jamoani Osiyo chempionatiga olib chiqqani katta rol o'ynagan bo'lishi mumkin. Qo'shimchasiga kelasi yil atigi bittagina rasmiy o'yinimiz bor, shunday ekan, bosh murabbiyni o'zgartirishdan nima naf.
82 kishi Qosimovning o'z o'rnida qolganidan mamnun bo'lgan va shunga monand “Qosimov o'z ishini davom ettirishidan xursandman” degan javobda to'xtalgan. Bundan ko'rinib turibdiki, Qosimovga ishonch bildirayotgan muxlislar ham talaylingan.
Va oxirida 40 kishi “Men buni kutmagandim” variantida to'xtalgan bo'lsa, 34 ishtirokchi “Terma jamoada qolish-qolmasligi men uchun qiziq emas” degan javobni maqul ko'rgan. Kam sonli ishtirokchilar buni sira kutishmagan hamda bazilarga buning sira qizig'i yo'q ekan.
Nima bo'lgan taqdirda ham, Mirjalol Qosimov terma jamoa bosh murabbiyi sifatida qoldirildi va jamoani Osiyo Kubogi-2015ga tayyorlaydigan bo'ldi. Bu qaror qanchalik foyda keltirishini vaqt o'tib bilib olamiz.
Navbatdagi so'rovnomada qatnashmagan bo'lsangiz o'z fikringizni bildiring. So'rovnoma saytimizning "Kun mavzusi" bo'limi tagida joylashgan.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar