So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" сотиб юборган футболчисини қайта харид қилиши мумкин  4 11:15"Бухоро" футболчилари "Динамо"га қарши ўйин ҳақида қандай фикрлар билдиришди?  0 11:05Sofascore. "Ал Файха" ғалаба қозонган баҳсда Шукуров қандай баҳо олди?  0 10:38“Реал Мадрид“ ПСЖнинг етакчиларидан бирини сотиб олмоқчи  12 10:10Финалда мағлуб бўлган Гвардиола ўйин ҳақида нималар деди?  10 09:41Захирадан майдонга тушганлар ўйин тақдирини ҳал қилган "Бухоро" - "Динамо" учрашувидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 09:41Элдор Мойлиев: «Ғалабани мухлисларга бағишлаймиз»  3 08:44Максим Шацких «Андижон»даги дебют учрашувидан сўнг нималар деди?  18 08:13Пролига. Бугун 2-даврага старт берилади  1 07:40Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб ўйин бор  5 06:00Суперлига. Тошкентдаги чангли ўйинда дуранг қайд этилди. "Қўқон-1912" ўз майдонида, "Андижон" эса сафарда мағлубиятга учради  0 01:55Лига 1. Хвичанинг дубли ПСЖга "Осер" устидан ғалабани тақдим этди  2 01:14"Ливерпуль" янги битимни эълон қилди  4 00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  3 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  12

Ko'p narsani hal qiladigan OFK yig'ilishi (2-qism) Yangiliklar

Ko'p narsani hal qiladigan OFK yig'ilishi (2-qism)

Noyabr oyi oxirida OFK ijroqo'mining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi. Unda qita futboliga oid turli masalalar muhokama qilinadi va qarorlar chiqariladi.

Ushbu maqolaning dastlabki qismini o'qimaganlar uchun havola.

Biz uchun yana 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat terma jamoalarning Osiyo chempionati mezboni nomi aniqlanishi ham katta ahamiyatga ega. Unga mezbon bo'lish uchun O'zbekiston, Qatar, Eron va Saudiya Arabistoni ariza topshirgan. Biz uchun muammoli jihat musobaqaning yanvar oyida bo'lib o'tishidir. Yurtimizda bu paytda havo harorati yuqori bo'lmaydi. Turnirni mart oyida o'tkazishga esa ijroqo'm rozi bo'lmasligi mumkin. Lekin agar musobaqani bizga ishonib topshirilsa, bu Rio de Janeyroda o'tadigan Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga kelardi.

Futzal bo'yicha navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini beruvchi 2016 yilgi Osiyo chempionatini qabul qilish uchun ham O'zbekiston ariza bergan. SHu sababli ko'p taraflama bu yig'ilish biz uchun muhim ahamiyatga ega bo'ladi. 22 yoshlilar chempionati saralash bosqichi va saralash bahslari mezbonlari nomi esa 4 dekabrda aniq bo'ladi.

Bundan avval OFK tomonidan eng muhim qarorlardan biri sifatida Osiyo Kubogi final bosqichida ishtirok etuvchi terma jamoalar soni ko'paytirilganini takidlashimiz mumkin. Xuddi UEFAdagi bo'lgani singari Osiyoda ham final bosqichida 24 jamoa qatnashadi. Bu qita chempionati final bahslarida OFKning 50 foizga azosi ishtirok etadi deganidir. 2019 yildan boshlab shunday formatdagi Osiyo Kubogiga guvoh bo'lamiz. Bu o'zgarish birinchi navbatda o'rtamiyona jamoalarga ham qitaning bosh futbol forumida qatnashishga imkoniyat yaratish, Osiyo Kubogi nufuzi va ommaviyligini oshirish, shuningdek, OFKning bosh marketing va TV huquqlari bo'yicha hamkori sanalgan “World Sport Group”ning moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan deyish mumkin. “CHaqiruv Kubogi” esa bekor qilib bo'lindi.

Osiyo va jahon chempionatlarining dastlabki saralash bosqichlarini birlashtirib yuborilgan. Bu holat 2018 yilgi JCH saralashidan boshlab amalga kiradi. Dastlabki saralash raundida quyi reytingdagi jamoalar o'zaro to'qnash keladi. Juftlik g'oliblari guruh bahslariga yo'l oladi. 8 guruhda 5tadan jamoa kurashga kirishadi. Demak, dastlabki saralash bosqichida jamoalar soni 40ta qolishi uchun uchrashuvlar o'tkaziladi. Bunda ko'p narsa saralash bosqichida ishtirok etishni xohlovchi davlatlar soniga bog'liq. OFKga azo associaciyalar soni hozirda 47ta. 40 jamoa 8 guruhda kurashadi. Birinchi o'rin sohiblari va ikkinchi o'rinni olganlarning eng yaxshi natijaga erishgan 4tasi jahon chempionati saralash bahslarida hal qiluvchi raundga yo'l oladi. Jami 12 jamoa. Ular 6tadan 2 guruhga bo'lingan holda JCH yo'llanmasini uchun kurashni davom ettirishadi. Guruhlarda yuqori 2 pog'onadan o'rin olganlar JCHga boradi, uchinchi o'rin sohiblari o'zaro maydonga tushib, qitalararo pley-offda qatnashuvchi jamoa nomini aniqlashadi. O'sha jamoa 12 jamoa Osiyo Kubogi yo'llanmasini ham hal etib qo'yadi.

Qolgan jamoalar esa Osiyo Kubogi yo'llanmasi uchun kurashda davom etadi. JCH saralashiga chiqqan 12 jamoadan tashqari eng yaxshi natijaga erishgan 24 jamoa qaytadan 6 guruhga 4tadan bo'lib yuboriladi. Demak, 40 jamoadan faqat 4tasi kurashdan chetga chiqib qoladi xolos. Bu esa o'rtamiyona va kuchsiz termalarga ko'proq rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushish imkoniyatini taqdim etadi. Qolaversa, qitamizda saralash bahslari ko'payadi. Yakunda 6 guruhdan yana 11 yoki 12 yo'llanma sohibi nomi malum bo'ladi. Agar Osiyo Kubogi mezboni ham yo'llanmalardan birini qo'lga kiritsa, unday holda 6 guruhdan birinchi va ikkinchi o'rin egalari chempionatga borish huquqini qo'lga kiritadi.

OFKning 60 yillik yubileyi nishonlanadigan yig'ilishlar va tadbirlar natijalarini kutib qolamiz. Bayram esa Filippin poytaxti Manila shahrida bo'lib o'tadi.


Behzod NAZAROV.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика