Konte: "Yaxshi taklif tushsa, SHkrinyarni sotib yuborishimiz mumkin"
27 sen 2020 11:58
Yangiliklar


Konte: "Yaxshi taklif tushsa, SHkrinyarni sotib yuborishimiz mumkin"
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Kontening aytishiga ko'ra, himoyachi Milan SHkrinyar sotib yuborilishi mumkin.
Oldinroq futbolchi uchun "Tottenxem" jiddiy davogarlik qilayotgani borasida malumotlar berilgandi.
"SHkrinyar "Tottenxem"da? Yo'q, u bizning loyihamiz bir bo'lagi. Biroq yaqin kunlar ichida unga taklif tushishi so'roq ostida. Agarda yaxshi taklif bo'lsa, rahbariyat uni qo'yib yuborishi mumkin", - dedi Konte jurnalist Fabricio Romanoga.
25 yoshli Milan 2017 yildan buyon "Inter" tarkibida harakat qilmoqda. Slovakiyalik 128 o'yinda 4 gol va 4 assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar