Konte: “Raqibni sport taraflama o'ldirish kerak, bo'lmasa …” Yangiliklar

Konte: “Raqibni sport taraflama o'ldirish kerak, bo'lmasa …”

APL 2-turida “CHelsi” bilan o'ynalgan jangovar (2:2) durangdan keyin “Tottenxem” ustozi Antonio Konte o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“CHelsi” bilan oradagi farqni qisqartirish uchun harakat qilmoqdamiz. Bugun og'ir o'yin bo'ldi va mening nazarimda, to'p bilan yaxshiroq muomala qilishga qodir edik. SHu bilan birga tezlik ham yomon bo'lmadi, xuddi o'yinda qolishni istaganimiz kabi.

Har o'yinda raqibni sport taraflama o'ldirishimiz kerakligini tushunishimiz lozim, aks holda raqib seni yakson qiladi. O'ylashimcha, buni tushuna boshladik, shundan keyingina oldinga siljishga tayyor bo'lamiz. Biroq, menimcha, o'tgan 8 oy ichida futbolchilar bilan birga etarlicha qadam tashlay oldik va ular bilan ishlash menga zavq bag'ishlaydi.

O'tgan mavsumdan ko'nglim to'lmadi, chunki “CHelsi”ga qarshi uchta o'yinda natijaga erishish uchun o'z imkoniyatimizni ko'rsatolmadik. Bugun esa boshqacha ishonch bilan o'ynadik. Ammo hali yana qo'shish kerak, chunki oramizda hali farq bor.

Muvaffaqiyatga erishib, titullarni yutganingda senda o'ziga xos ishonch paydo bo'ladi hamda malum o'yinlarda qanday o'ynash kerakligini aniq bilasan. Bugun “CHelsi” biz bilan o'ynashga jiddiy etibor qaratdi. Ular yaxshi o'yin namoyish etishdi, ammo shu qatorda ularga munosib raqib ham qarshilik ko'rsatdi”, deydi Konte.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика