So’nggi yangiliklar

04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   7 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  11 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8

Konte: "Mourino ikkiyuzlamachi. U Ranerini haqorat qilib, keyin Klaudioni qo'llash uchun futbolka kiygan" Yangiliklar

Konte: "Mourino ikkiyuzlamachi. U Ranerini haqorat qilib, keyin Klaudioni qo'llash uchun futbolka kiygan"

"CHelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourino haqida fikr bildirdi.

- U sizni kelishilgan o'yinlarda aybladi.

- Gapirishdan avval, nima bo'lganini yaxshilab o'rganib chiqish kerak. Ammo Mourino shunday inson. Uni yaxshi bilasiz. Bu juda past daraja.


- So'zlaringizga ko'ra, u avval ham shunday, mayda inson bo'lgan, to'g'rimi?

- So'nggi vaqtlarda uni amneziya bezovta qilmoqda. Yoshimiz o'tishi bilan hammamiz bu narsaga duch kelamiz. Bu sizga va menga ham xavf solishi mumkin. Mourino etiborliroq bo'lishi kerak.

Raneriga bog'liq ahmoqona ishni eslayman. U Klaudioni ingliz tilida yaxshi gaplasha olmaslikda ayblagan, Ranerini istefoga chiqarishganidan so'ng uni qo'llab-quvvatlash uchun futbolka kiygan. U ikkiyuzlamachi.

Biz insonga yaxshi yoki yomon munosabatda bo'lamiz, ammo boshqalarning etiboriga tushish uchun fikrimizni o'zgartirmaymiz.

Sen o'sha odam bilan kurashasan, zarar etkazishga harakat qilasan, keyin, ikki yil o'tib, unga yordam berishga intilasan, chunki bu narsa obro'yingga ijobiy tasir qiladi.


- 25 fevralda MYUga qarshi "Old Trafford"da o'ynaysiz.

- Yuzma-yuz kelish imkoni tug'iladi. Men tayyorman. U tayyormi, yo'qmi, bilmayman - deydi Konte.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика