Konte: “Mag'lubiyatlarni juda yomon ko'raman”
20 fev 2022 08:00
Yangiliklar


Konte: “Mag'lubiyatlarni juda yomon ko'raman”
“SHubhasiz, bahs emociyalarga boy o'tdi. Qoyilmaqom o'yin bo'ldi. Uni yaxshi o'tkazdik va reja bo'yicha harakat qildik.
“Man Siti” umumiy uchrashuvning 65-70 daqiqasi davomida to'pga egalik qildi, shu bois taktik jihatdan zo'r o'ynashimiz zarur edi. Ammo himoyalanayotganda ham birinchi navbatda hujum haqida o'ylashimiz kerak edi.
Fantastik jamoaga qarshi bahsda vaziyatlar yaratdik va ajoyib gollar urdik. Bu g'alaba bizga ishonch beradi. Qatorasiga uch mag'lubiyatdan keyin “Man Siti” bilan kurashish oson bo'lmadi.
Lekin bu shunday davr, qo'shib borishga harakat qilmoqdamiz. Mag'lubiyatlarni juda yomon ko'raman. Bunga munosabat bildirishimiz juda muhim sanalardi.
Albatta, Xarri Keyn biz uchun juda ham muhim futbolchi. Bugun hujumchilarimiz juda yaxshi o'ynadi. Xarri to'pni yaxshi ushlab turdi.
Biroq, bitta g'alaba kifoya qilmaydi. Undan oldin esa ketma-ket 3 o'yinda yutqazganimizni yoddan chiqarmang. Lekin, “Siti”ni taslim etish ajoyib bo'ldi”, deydi Konte.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar