Konte: "Kurtua qoladi deb umid qilaman"
30 dek 2017 20:54
Yangiliklar
Konte: "Kurtua qoladi deb umid qilaman"
"CHelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte darvozabon Tibo Kurtuaning kelajagi borasida fikr bildirib o'tdi.
"Tiboning "CHelsi" bilan shartnomasi keyingi mavsumgacha mo'ljallangan. Biz dunyoning eng yaxshi kiperlaridan biri haqida gapirayapmiz. Men va murabbiylar shtabi u biz bilan birga ekanligidan faxrlanamiz. Barcha o'yinchilarni keyingi mavsum ham saqlab qolamiz deb umid qilamiz.
Agar mendan Kurtuaning qolishiga umid qilayotganimni bilmoqchi bo'lsangiz, ha deb javob beraman. CHunki, biz ajoyib darvozabon va juda yaxshi yigit haqida gapirayapmiz va men u bilan ishlayotganimdan mamnunman. Uning mashg'ulotlarga va o'yinga yondashuvidan, boshqa darvozabonlar bilan munosabatlaridan va kiperlar murabbiyi bilan munosabatidan ko'nglim to'q", - dedi Konte.

O’xshash yangiliklar
12:25
Niko Pas "Real" tufayli "Manchester Siti", "Liverpul”, "Chelsi" va "Arsenal" takliflarini rad etdi 4
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar