Konte – ayol jurnalistga: Savol berishdan oldin o'ylab ol. SHaxter avgustda 0:5 hisobida yutqazgani uchun taktikani o'zgartirdi
10 dek 2020 09:40
Yangiliklar


Konte – ayol jurnalistga: Savol berishdan oldin o'ylab ol. SHaxter avgustda 0:5 hisobida yutqazgani uchun taktikani o'zgartirdi
Inter ustozi Antonio Konte SHaxterga qarshi o'yindan (0:0) so'ng matbuot anjumanida anchagina asabiylashdi.
– «Inter» ECHLda «SHaxter» bilan ikki marta 0:0 hisobida durang o'ynadi, avgust oyida Evropa ligasi yarim finalida shu jamoani 5:0 hisobida mag'lub etgandi.
– Ular bizga qarshilik ko'rsatish uchun taktikani o'zgartirishdi. Ular avgustda 0:5 hisobida yutqazishganidan keyin taktikani o'zgartirishdi. Savol berishdan oldin o'ylab ol, – deb javob berdi Konte PSJ direktori Leonardoning turmush o'rtog'i Anna Biloning savoliga.
Keyingi savolni mashhur italiyalik murabbiy Fabio Kapello berdi.
– Nimadir o'xshamasa sizda B plan bormi?
– B plan bor, ammo bu haqda gapirmayman. Aks holda fojea bo'ladi. Sababi uni ham bilib olishadi va qarshi usul topishadi, – dedi Konte.
«Inter» B guruhida bitta g'alabaga erishib to'rtinchi o'rinni band etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar