Konte ajoyib kambekdan so'ng fikrlarini bildirdi
20 jan 2022 09:12
Yangiliklar
Konte ajoyib kambekdan so'ng fikrlarini bildirdi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte "Lester"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi (3:2).
"O'ylaymanki, bugun taslim bo'lmoqchi emasligimizni ko'rsatib qo'ydik.
Falsafamiz qanday bo'lishi kerakligidan futbolchilarning xabari bor. Biz oxirigacha kurashib, kerakli natijaga erishishimiz kerak.
Bugungi o'yinda mag'lubiyat noto'g'ri bo'lardi. Bizda juda ko'p vaziyatlar bo'ldi. Gol o'tkazib yuborgan vaziyatimizda esa shunchaki omadimiz kelmadi. Ammo biz oxirigacha ishondik. Uch ochko olishni istagandik va bunga loyiq harakat qildik.
Maqsadimiz haqida gapirish qiyin. Oldimizda uzoq yo'l turibdi. Hozir ishlashimiz lozim. Har bir natija uchun kurashishimiz kerakligini bilamiz. Turnir darajasini hisobga olsak, juda og'ir bo'ladi", - dedi Konte.
Fikrlar