KONKAKAF-2019 Oltin Kubogi. Yarim finalning ilk juftligi malum, ikkinchisi esa bugun aniqlanadi
30 iyu 2019 22:30
Yangiliklar


KONKAKAF-2019 Oltin Kubogi. Yarim finalning ilk juftligi malum, ikkinchisi esa bugun aniqlanadi
AQSH, Kosta-Rika hamda Yamaykada boshlangan KONKAKAF-2019 Oltin Kubogi musobaqasi yakuniy pallaga yaqinlashib kelmoqda.
Kecha, yarim finalning ilk juftligi malum bo'ldi. Gaiti iroda ko'rsatib 0:2ni 3:2ga aylantirgan holda Kanadani taslim etdi.
Meksika esa Kosta-Rika bilan asosiy bo'limlarda murosa yo'lini (1:1) tanladi. O'yindan keyingi penaltilar seriyasida (5:3) esa meksikaliklar kiperi Gilermo Ochoa qahramonlik ko'rsatib, jamoadoshlarini keyingi bosqichga olib chiqdi.
SHu tariqa, ½ finalning ilk juftligida Gaiti vakillari Meksikaga qarshi to'qnash keladi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 3 iyul kuni, soat 07:00da boshlanadi.
Bugun, ikkinchi yarim final juftligining nomi malum bo'ladi. Toshkent vaqti bilan 02:30da mezbon Yamayka termasi Panama bilan uchrashsa, 05:00da esa AQSH – Kyurasao to'qnashuvi bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar