So’nggi yangiliklar

18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  0 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  0 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  3 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  2 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  7 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0

Konfederaciyalar kubogidagi o'lim yoki Mark-Viven Foening vafotiga 14 yil bo'ldi VIDEO Yangiliklar

Konfederaciyalar kubogidagi o'lim yoki Mark-Viven Foening vafotiga 14 yil bo'ldi VIDEO

2003 yilning 26 iyun sanasida Franciyada o'tayotgan Konfederaciyalar kubogi musobaqasining yarim finalida Kolumbiya va Kamerun to'qnash kelgandi...

Katta musobaqa finalidan so'ng bunday voqeani deyarli hech qachon ko'rmagansiz: Mag'lub bo'lgan jamoa sardori g'olib jamoasi sardori bilan birgalikda sovrinni qabul qilib olmoqda. Finalda yutqazgan jamoa chempionlar bilan birgalikda stadionni aylanib chiqishmoqda. Muxlislar har ikkala jamoani bir xilda olqishlashmoqda. Sababi o'sha paytda kim g'olib, kim mag'lub ekani umuman ahamiyatga ega emasdi.

2003 yil Franciyaning Parij shahrida o'tgan Konfederaciyalar kubogi u qadar yorqin bo'lmadi, biroq eng tasirli musobaqaga aylandi. Futbol ikkinchi planga tushdi, chunki uch kun oldin katta fojea ro'y bergandi. Musobaqa yarim finali doirasidagi Kamerun – Kolumbiya uchrashuvida afrikaliklar yarim himoyachisi Mark-Viven Foe maydon markaziga yaqin joyda erga yiqildi va qaytib o'ziga kelmadi...

Maydon markazida yiqilib tushganida bu qadar jiddiy narsa bo'lganini o'ylamagandik, – deb xotirlaydi Kamerun terma jamoasi posboni Karlos Kameni. – Nima uchun u yiqildi? Balki, charchoq tasir qilgandir. Maydonga qaytishiga shubha qilmagan edik.

SHifokorlar futbolchining yuragini ishga tushirishga harakat qilishdi, biroq o'sha voqeadan bir soat o'tib Foe vafot etdi.

28 yoshli Foening vafoti barchani shok holatiga tushirib qo'ydi. O'sha kun biroz kechroq o'tkazilgan ikkinchi yarim final doiraisidagi Franciya – Turkiya o'yini bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi. Foe Franciyaning Lion klubida o'ynardi, shu bois bu terma jamoaning ko'plab futbolchilari bilan tanish edi. Ayniqsa Franciya posboni Gregori Kupe Lionda Foe bilan birga faoliyat olib borar edi. Francuzlar o'sha bahsdagi ilk golni kamerunlik futbolchining xotirasiga bag'ishlashdi: Terri Anri hisobni ochgan vaziyatda barcha futbolchilar qo'llari bilan osmonga ishora qilishdi.



Franciya yarim finalda g'olib bo'lib (3:2) finalga chiqdi. Finalda esa Kamerun mag'lub etildi (1:0). Francuzlarga o'z maydonidagi musobaqada g'olib chiqish juda muhim edi:

Qo'shimcha bosimni his qilardik. Birinchidan o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynardik. Ikkinchidan JCH-2002da guruhda bironta gol ura olmay qolib ketgan edik. SHu bois o'zimizni ko'rsatishimiz kerak edi, - deydi yarim himoyachi Rober Pires.

Baribir natija ikkinchi planga tushib qoldi. Foening vafotidan keyin xattoki final bekor qilinishi ham mumkin edi. Agar Kamerun finaldan voz kechsa hech kim ulardan xafa bo'lmas edi. Biroq yigitlar o'zlarida kuch topishdi va hal qiluvchi bahsga chiqishdi.

Uni yo'qotganimizdan so'ng musobaqani davom ettirish uchun kuchimiz qolmagandi, - deydi Karlos Kameni. – Ammo uning qanday jangchi bo'lganini, g'alabaga bo'lgan irodasi qanchalik kuchli ekanini eslagach, barchamiz finalda o'ynashga qaror qildik. Foe xotirasi uchun ham maydonga tushdik.



Jamoa sardorlari finalga Foening katta rasmini ko'tarib chiqib kelishdi. Uchrashuvdagi yagona, Anrining oltin golidan so'ng jamoalar kubokni birgalikda qabul qilib olishgandi.

Bu juda ham tasirli, juda ham hissiyotli vaziyat edi, - deb yodga oladi Franciya terma jamoasi sobiq hujumchisi Jibrill Sisse. – Barchamiz to'g'ri ish qilayotganimizni tushunib turardik. Bu juda yaxshi vaziyat edi.

Musobaqa yorqin vaziyatlari videosini tomosha qilish uchun quyidagi havolaga o'ting: VIDEO


FIFA rasmiy saytidan Narzulla Saydullaev tarjimasi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика