So’nggi yangiliklar

09:02“Рома“ янги бош мураббий билан шартнома имзолашга яқин  0 08:34"Андижон"нинг етакчиларидан бири Москвада операция қилинди   2 08:07“Челси“ ушбу натижага эришган тарихдаги илк жамоа  2 07:41Саудия Пролигасининг энг яхши футболчиси аниқланди  0 07:15Пролига. Бугун Олмалиқда ўйин бор  0 01:55"Челси" "Бетис"ни йирик ҳисобда мағлуб қилиб, Конференциялар лигасида ғолиб чиқди!  41 01:45U21 биринчилиги. "Сўғдиёна" "Бухоро"ни, "Навбаҳор" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  4 01:01Килиан Мбаппе "Реал"даги биринчи мавсумини баҳолади  4 23:31Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияга қарши ўйин олдидан йиғинларни бошлади  1 22:47“CAFA U-17 Championship 2025”. Ўзбекистон ўсмирлари Эронга қарши фантастик камбэк қайд этиб, финалга йўл олишди!  12 22:24Ямал "Барса" сафида 2031 йилгача ўйнайди! Супер юлдузнинг янги шартномаси ҳақида (мутолаа учун)  10 21:49"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб олишни истамоқда. Футболчи ҳам рози  2 21:25Лаутаро Мартинес "Барселона"га қарши жароҳат билан ўйнаганини айтиб берди  2 21:02Миллий терма жамоа Жаҳон чемпионати йўлидаги охирги йиғинни бошлади  7 20:42"Ман Юнайтед" Малайзиядаги йиғинда Жануби-Шарқий Осиё юлдузлар жамоасига ютқазди  2

Kompyuter o'yinlari "qirollari" haqiqiy klublardan ish so'raganda... Yangiliklar

Kompyuter o'yinlari "qirollari" haqiqiy klublardan ish so'raganda...

Teglar :  Championat.asia
7 oktyabr kuni FIFA 15 futbol simulyatori muxlisi "Liverpul" bosh murabbiyi bo'lish uchun klubga o'z rezyumesini yubordi va ushbu taklif rasman rad etildi.

Keling, shunga o'xshash ko'plab kulguli va qiziq vaziyatlarni yodga olamiz.

Futbol simulyatorlari


Yan Eyr, "Liverpul" ijroji direktori kompyuter o'yinchisi Adam Nilga rasmiy rad javobini yuborgan. Adam tajriba sifadita o'zining kompyuter o'yinlaridagi yutuqlarini sanab o'tib, jamoa bosh murabbiyi bo'lmoqchi edi.

"Portsmut" klubini ikkinchi divizionda oliy ligaga olib chiqish va FIFA 15ning 4 mavsumida Premer-liga va CHempionlar ligasida g'olib bo'lish - biz qidirayotgan murabbiyning tajribasiga mos emas.

Yan Eyr, "Liverpul" ijrochi direktori


2014 yilda Premer-liganing yana bir klubi bosh murabbiysiz qoldi. "Manchester Yunayted" rahbariyati Devid Moyesni istefoga chiqardi. "Qizil iblislar" muxlislari murabbiyning joyini egallashga harakat qilishdi.


"Men futboldagi texnik va taktik jihatlarni yaxshi tushunaman. Bunga isbot sifatida Football Manager futbol simulyatoridagi faoliyatimni ko'rishingiz mumkin.

Ispaniyaning "Malaga"sidan haydab yuborishganiga qaramay, keyinroq uch bora "Yil murabbiyi" sovrinini qo'lga kiritdim.

Maoshga keladigan bo'lsak, men o'yinda olgan mablag' kabi  haftasiga 66 ming to'lasangiz bas".

Brett MakKormik


Football Managerda men Rayan Giggz 50 yoshga to'lmaguncha uni ketishiga yo'l qo'ymaganman. "Manchester Yunayted"ga Devid Bekxemni qaytardim.

Ayni damda "Tekkers" bilan shartnomam bor. Meni qo'lga kiritishingiz uchun, ularga katta pul to'lashingizga to'g'ri keladi.

Agar nomzodim sizga qiziq bo'lmasa, xat uchun sarflagan 5 pens va pochta markamni qaytarishingizni va "Manchester Yunayted"ning mavsumdagi barcha o'yinlariga chiptalar berishingizni so'rayman.

Joi Grem


Men "CHelsi" bilan CHempionlar ligasida g'olib bo'ldim va "Kardiff Siti" bilan Angliya Premer-ligasining oltin medallariga ega chiqdim. Meni bir necha marotaba "kichik Xosep Gvardiola" deb atashdi.

Klub turnir jadvalining yuqori qismiga qaytishi uchun tajribasi menikiga o'xshash mutaxassisga muhtoj. Men yordamchilikka nomzod ham topdim.

Jodi Deyvis


2012 yilda ozarbayjonlik 21 yoshli Vugar Gulagan poytaxt klubi hisoblanmish "Baku" menejerlaridan biriga aylandi. Unda jamoani boshqarish borasida haqiqiy tajriba yo'qligini, ammo 2002 yildan beri "Football Manager"ning birorta sonini o'tkazib yubormaganini aytib berdi.


21 yoshli o'yinchi menejer joyi uchun kurashda bir necha klubda menejer vazifasida ishlagan, 1991 yilda "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritgan Jan-Per Papenni ortda qoldiradi.


Poyga simulyatorlari

2008 yilda Nissan PlayStation uchun mashhur o'yinlar seriyasi "Gran Turismo"ni yaratgan Polyphony Digital bilan birgalikda Nissan PlayStation GT Academy loyihasini ishga tushiradi. Bu loyiha o'yinlarda muvaffaqiyatga erishgan barchaga haqiqiy trassaga yo'l ochar edi.


Bu yigitlar oddiy kompyuter o'yinchilariga o'xshaydi, ammo ular o'qishni tugatishmoqda, qarshingizda professional poygachilar turibdi.

Ken CHan, "Sony"dagi GT Academy mahsulot menejeri.


Loyiha to'rt bosqichdan iborat edi. Birinchisida o'yinchilar "Gran Turismo"da Nissan mashinasida vaqt bo'yicha aylanani iloji boricha tezroq yakunlash kerak edi, ikkinchisida ular turli testlardan va sog'lik tekshiruvidan o'tishgan. Uchinchi bosqichda o'yinchilar haqiqiy mashinalar bilan boshqa davlatdan tashrif buyurgan raqiblariga qarshi ingliz treklarida poygada qatnashishgan.


"GT Academy"ning so'nggi bosqichi yosh haydovchilar uchun o'tish programmasi edi va shundan so'ng ularga xalqaro avtopoygalarda ishtirok etish uchun licenziya berilgan. G'oliblarga RJN Motorsport jamoasi tomonidan ish berilgan.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика