So’nggi yangiliklar

22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  3 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  6 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  5 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0

Komiljon Mirzaboev ishtirokidagi matbuot anjumani haqida Yangiliklar

Komiljon Mirzaboev ishtirokidagi matbuot anjumani haqida

Komiljon Mirzaboev Memetning o'tgan yili ko'tarma puli olmaganligi va boshqa bir qator masalalarga oydinlik kiritdi
Avval xabar berganimizdek, kecha Farg'onada "Neftchi" klubi raisi Komiljon Mirzaboev oxirgi kunlarda internet saytlarida chiqqan "Yomg'irdan qochib do'lga tutilgan "Neftchi" nomli maqola yuzasidan unga aniqlik kiritish maqsadida jurnalistlar bilan uchrashdi. Anjumanda bir nechta jurnalistlar va maqola muallifi Farhod Norbo'taev ham ishtirok etdi. Ushbu matbuot anjumaniga "Neftchi"ning ayrim ishqibozlari ham tashrif buyurib o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Aytgancha mazkur anjuman noodatiy boshlandi. Boshqalarni bilmadimu, lekin shaxsan meni nazarimda anjuman savol-javob bilan boshlanadi. Ammo kechagi yig'ilish Komiljon Mirzaboevning o'z vaqtida Sport TVda efirga berilgan "Sport mening hayotim" deb nomlangan ko'rsatuvini ko'rish bilan boshlandi. Unda Mirzaboev tomon asosan iliq fikrlar bildirilgan. SHundan so'ng matbuot anjumaning ikkinchi qismi boshlanib, unda savol-javoblarga o'tildi. Dastlab "Neftchi" klubi raisi matbuot anjumaniga kelgan barcha OAVga o'z minnatdorchiligini bildirib, Norbo'taev yozgan maqolaga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Yaqinda internet saytlarida chiqqan "Yomg'irdan qochib do'lga tutilgan "Neftchi" nomli maqolada keltirib o'tilgan jihatlarning asossiz ekanligini aytmoqchi edim. Balki muallif Farhodjon Norbo'taev biz haqimizda to'liqroq malumotga ega bo'lmagani uchun ham shunday maqola yozgandir. Mana bugun ushbu maqolada keltirib o'tilgan jihatlarga to'xtalib o'tib, aslida qanday xolat ekanligini sizlarga aytib beraman", -  deya gap boshladi Komiljon Mirzaboev.

- Bugun asoslarni keltirib o'tish maqsadida maqolada yozilgan ayrim legioner o'yinchilarning shartnomalarini ham olib kelganmiz. Futbolchi va klub o'rtasida tuzilgan shartnoma maxfiy hisoblanadi. Uni klub rahbari sifatida men, futbolchi va O'zbekiston futbol federaciyasining sport bo'limidagi ro'yxatdan o'tkazadigan odam biladi. Lekin maqolada bu xususda tamoman boshqa narsalar yozilgan. Marhamat kimda qanday savollar bo'lsa bemalol berishlari mumkin. Bugun o'zim bilan birga bir nechta hujjatlarni ham dalil sifatida olib kelganman. Yana bir gap - oila bu  inson uchun eng muqaddas hisoblanadi. SHaxsan men oilamga zarracha ham salbiy gap tegizishni istamayman. Bu menimcha eng yomoni bo'lsa kerak. Mayli meni sichqonga o'xshatish mumkindir, baliqqa o'xshatish mumkindir. Lekin oilam haqida salbiy fikrlarni aytishlariga qarshiman. SHu bois maqolada bu haqda yozilgani yaxshi bo'mapti. Qolaversa maqoladagi hammasi asosissiz ekanligini alohida aytmoqchiman! Kimdir aytgan, yoki kimdir dedi deya maqola yozish kerak emas. Har qanday narsa aniq faktlarga tayanib yozilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. SHuning uchun kelinglar mazkur maqola asossiz yozilganiga oydinlik kiritaylik. Farhodjon ham oldin men bilan hech ko'rishib suhbatlashmagan. Balki bu yigit o'z taassurotlari bilan maqola yozgan bo'lishi mumkindir. Ammo bu jurnalist ukamizga meni hech qanday g'arazligim yo'q. SHu sababli ham bugun shu mavzuga aniqlik kiritib olsak. SHaxsan meni ishim juda ko'p. Malumki shahrimizda yangi zamonaviy stadion qurib bitkazilmoqda. U erda akademiya ochish bo'yicha ayrim ishlarni bajarmoq lozim. Bundan tashqari "Neftchi" ayollar jamoasini bu yildan oliy ligada o'ynashini taminlayapmiz. Klub qarorgohini ham tamirdan chiqarishni rejalashtirganmiz. U erda ham bugun-erta ish boshlanadi. Xullas ishga sho'ng'ib ketganmiz. Ozgina sabr qilinglar 1-2 yil jamoani shakllantirib qo'ygach, juda yoqmayotgan bo'lsam o'zim ariza yozib o'rnimni bo'shatib qo'yaman. Jamoani qabul qilib olganimizdan so'ng 5 yillik ish rejasini ishlab chiqqanmiz. Bu klub prezidentining tasdig'idan o'tgan. Aynan ushbu reja bo'yicha ishlashda davom etamiz. Umid qilamanki jamoamiz tepasidagi qora bulutlar tarqab ketadi. Va muxlislarimiz istayotgan o'yinni namoyish etamiz. Men bunga ishonaman.

Farhod Norbo'taev: Avvalo ushbu matbuot anjumanini tashkil etganingiz uchun sizga katta rahmat. Ushbu anjumanning ikkinchi qismida sizga bir taklifnni kiritmoqchiman. Jamoaning o'tgan yilgi o'yinchilari bo'lmish SHerzod Hakimov, Sanjar Asqaraliev, Iqbol Akramov, Anvar Berdiev hamda Baxtiyor Yoqubov bilan ham mana shunday matbuot anjumani tashkil etishingizni so'rardim. Aynan mazkur futbolchilarning o'zlari buni menga etqazishimni so'rashdi. Menimcha ular bilan ham yuzma-yuz o'tirib gaplashsak yaxshi bo'ladi. Komil aka sizga savolim bor, yani boya "Neftchi" klubidagi futbolchilar shartnomalari haqida aytib o'tdingiz. Men ham o'zim bilan birga Baxtiyor Yoqubovning "Neftchi" bilan 2011 yilning 15 iyunida va 2011 yilning 10 dekabrda tuzilgan shartnomasidan nusxa olib kelganman. Ularning biri 2013 yilning 20 dekabr kunigacha tuzilgan bo'lsa, ikkinchi shartnoma 2014 yilning 14 iyunigacha tuzilgan. Mana shu xolatga qanday qaraysiz? Va shuningdek men bu futbolchi bilan uchrashdim. Uning aytishicha shartnomadagi imzo shaxsan Yoqubovniki emasligini bildirdi. Lekin har ikkala shartnoma ham PFL tasdig'idan o'tkazilgan.  

- Yoqubovning shartnomasi bo'yicha aytadigan bo'lsam, futbolchi klubga kelganida biz hamma shartnomalarni ko'rib chiqqanmiz. Unga ko'ra shartnoma 2014yilning 5 iyunigacha tuzilgan. SHunda u bilan gaplashdik. SHartnomada ko'rsatilgan shartlarni bajarganmiz. Bu shartnomalarni futbolchi ilgari Lev Vaxtin bilan tuzgan. Lekin Baxtiyor bir kun oldimga kelib, shartnomasini 3 yanvar kuni tugashini aytdi. SHunda men bo'lim boshlig'ini chaqirib unga futbolchining shartnomasini olib kelib ko'rsatishini aytdim. Baxtiyor shartnomani ko'rib chiqqach, undagi imzo meniki emas deb turib oldi. SHundan keyin unga men ishga may oyida kelganimni bu shartnoma esa mendan oldingi rahbar bilan tuzilganini tushuntirdim. SHartnomada PFLning pechati bor. Uni olganim haqida zayavichniy qog'oz ham bor edi. Keyin mayli tushundim deb ketdi. Yanvar oyida esa yana oldimga kelib aytdiki, men tanishlar orqali shuni bildimki, shartnoma 3 yanvar kuni tugar ekan dedi. SHunda unga xolatni yana tushuntirishga urindim va iyun oyigacha o'ynab keyin yangi shartnoma tuzish haqida barchasini kelishib olamiz dedim. Qanday talab va istaklaring bo'lsa aytasan kelishib yangi shartnoma tuzamiz dedim. Lekin hozir oldingi tuzilgan shartnoma bo'yicha unda ko'rsatilgan summadan bir so'm ham oshiq pul bera olmayman desam, borib shartnomamni yana ko'rsak bo'ladimi dedi. SHunda unga aytdimki, men o'zim PFLga bortb o'sha shartnomadan ko'chirma olib kelib senga ko'rsataman dedim. Amalda shunday ham bo'ldi. PFLga siz aytgan 2013 yilda tuzilgan shartnomani o'zimdagisidan nusxa olib borib ko'rsatdim. Ularning aytishicha bu oldingi rahbar Lev Vaxtinning xatosi bilan o'tib ketgan ekan deyishdi. SHunda men PFLdagi shartnomadan nusxa olib kelib, Yoqubovning o'ziga ko'rsatdim. Haqiqatdan ham shartnoma muddati tugapti. PFLdagi shartnoma haqiqiy. Bu borada ortiqcha gap so'z bo'lishi mumkin emas deb u bilan yangi shartnoma haqida gaplashadigan bo'ldik. O'tgan mavsum tugayotganida esa Baxtiyor Yoqubovning sog'iligi bilan bog'liq muammo yuzaga kelgandi. Uning oyog'i og'rib turardi. SHunda uni o'z oldimga chaqirib qaysi shifoxonaga borib, davolanasan? CHunki kelgusi yil bizga keraksan dedim. Sababi Yoqubovdek tajribali futbolchi hamma jamoaga ham kerakda! Buning uchun xohlasang xorijga chiqib davolan deb taklif berdim. SHunda futbolchi Moskvaga borishini aytdim. Operaciya va boshqa sarf-harajatlar umuman barchasi uchun pullarni unga berdik. Marhamat aytgan joyinga borib oyog'ingni davolatib kel. Lekin 3 yanvar kuni boshlanadigan yig'inga tayyor bo'lishing kerak dedik. Yangi bosh murabbiy aytdiki Baxtiyor Yoqubov bu yil ham jamoaga kerak. SHuning uchun u bilan yangi shartnoma borasida muzokaraga kirishdik. Unga jamoa bu yil 3-o'rin uchun kurashishini aytdim va mazkur vazifa uddalansagina shartnoma ko'rsatilgan barcha talablarni amalda bajarishimizga kelishib oldik. Bu fikr futbolchiga ham maqul keldi. SHu bois Yoqubov jamoamizning barcha yig'inlarida ishtirok etdi. Turkiya yig'inini yakunlab qaytib kelganimmizdan so'ng esa murabbiylar yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda murabbiylar shtabi aytdiki bizga mana shu ro'yxatdagi futbolchilar kerak emas dedi. Ularning orasida Yoqubov ham bor edi. SHunda murabbiylarga shoshilinch qaror chiqarmaslikni uqtirib bu borada Baxtiyorning o'zi bilan oldin gaplashib ko'rishishimni aytdim. CHunki u bilan yangi shartnoma xususida barchasini og'zaki kelishib olgandik. Murabbiylar esa boshqa yarim himoyachi olishlarini aytdi. Rahbar sifatida murabbiyning qarorini xurmat qilgan xolda, uni fikrini maqulladim va futbolchi bilan xayrlashishga qaror qildik. Bir kun o'tgach Yoqubovning o'zi bilan ko'rishib gaplashdik. SHunda unga bu yil murabbiylar shtabining rejasidan o'rin olmaganini va erkin agent sifatida boshqa klubga o'tishini aytdim. Bir-birimizga omad tilagan xolda do'stona xayrlashdik. Xullas gapni indallosi Baxtiyor va klub o'rtasida tuzilgan shartnomadagi ko'rsatilgan moliyaviy masalalar xal etilgan va barcha pullar futbolchiga to'langan.

- Futbolchining ikkinchi shartnomada qo'yilgan imzoni tan olmaganiga qanday munosabat bildirasiz?
- Siz aytgan shartnoma tuzilayotgan paytda men ishlamaganman. SHuning uchun bunga qanday fikr bildirishim mumkin. Agarda haqiqatdan ham men bilan futbolchi o'rtasida shartnoma tuzilganida bunga tayinli gap aytishim mumkin edi. Aslida u shartnoma ham PFL tasdig'idan o'tgan bo'lib, unga ushbu tashkilot muhri bosilgan. Borib uni soxta qilib kelish meni qo'limdan kelmaydiku axir! SHaxsan bunda meni hech qanday ro'lim yo'q. Kim bilan bo'lsa ham istaganicha muhokama qilib olaversin. Lekin shaxsan o'zim Baxtiyorning bu yil ham jamoamizda o'ynashini xohlagandim.

- Yuqorida aytib o'tilgan o'yinchilar mening ushbu matbuot anjumaniga kelayotganimdan xabar topib aytishdiki, o'sha yozilgan maqolada keltirilganlarni haqiqatdan ham shunday ekanligini tasdiqlashdi. Qolaversa biz ketayotganimizda klubda pullarimiz qolib ketgan. Lekin biz quruq qog'ozga imzo chekib ketganmiz degan fikrlarni ilgari surishdi?
- Bu shunchaki og'zaki gap. O'sha siz aytgan futbolchilarga agarda haqiqatdan ham shu ish qilingan bo'linsa, ular kelib bemalol huquq targ'ibot organlariga arz qilishlari mumkin. Keyin biz oylik maoshlarni plastik kartochkaga o'tkazamiz. SHunday ekan qanday qilib ularni pulini biz olib qo'yishimiz mumkin. SHu bois o'sha futbolchilar yuqori tashkilotlarga murojaat etib agarda haq bo'lsa talab qilishsin. Masalan men ularning plastikdan olgan pullarini olmayman ham ko'rmayman ham. Nega unda o'sha futbolchilar o'sha vaqtning o'zida menga aytishmagan. Oradan 3-4 oy vaqt o'tgach endi sizga aytishyapti ekan. O'zingiz ham tushunib turgan bo'lsangiz bu erda biz uchun bo'xton bo'lmoqda. Men futbolchilarni juda yaxshi bilaman.

- SHartnomalar haqida navbatdagi savolim shuki, o'z vaqtida klub safida to'p tepgan SHerzod Hakimovning aytishicha klub rahbari va futbolchi shartnoma imzolanayotganida ko'tarma pullari 50x50 taqsimlanar ekan. Misol uchun futbolchiga 50 million so'm ko'tarma puli yozilsa uning yarmi klub rahbari va murabbiyning cho'ntagiga ketarkan. SHunga ham o'z fikringizni bildirib o'tsangiz?
- SHerzod Hakimov ham men bilan shartnoma tuzmagan-ku! U oldin boshqa rahbar bilan shartnoma tuzgan. O'sha shartnoma tugagach klubimizni tark etdi. Uning ham "Neftchi"dan ketishiga mening hech qanday ro'lim yo'q. Men klub rahbariman. Buni bosh murabbiy hal qiladi. Agarda murabbiy man shu futbolchi menga kerak desa, u bilan shartnoma tuzish mening vakolatimga kiradi.

- Moliyaviy masala gapirilganda Amet Memetga ham o'tgan yili to'langan ko'tarma pullar haqida aytib o'tishingiz so'rardim. Sababi maqolada ham shu narsaga urg'u berib o'tilgan?
-  Haqiqatdan ham shu narsa aytilgan. Bu asosli gap ekanmi o'zi?

- Farhod Norbo'taev: Menda bu borada shikoyat xati bor. Aynan shunga asoslanib yozganman?
- Kim ekan o'sha shikoyat yozgan shaxs? Siz oddiygina jurnalistsiz. Bu kabi shikoyatlar huquq targ'ibot organiga va boshqa tashkilot rahbarlariga yoziladi-ku! Mayli bu mavzuga ham to'xtalib o'tgan xolda unga aniqlik kiritib o'taman. Amet Memet o'tgan yili taklifimizga ko'ra "Neftchi"ga kelgan. U paytda bosh murabbiy bizda Evgeniy SHoxin edi. SHoxin esa sog'iligi yaxshi xolatda bo'lmayotganini aytib jamoadan ketishini aytdim. Mashg'ulotlarga borganimizda ham unga stul qo'yib berardik. Yurishga qiynalgan paytlari ham bo'lgan. SHunda SHoxin bizga boshqa murabbiy olib kelishimizni keyin o'zi ishdan ketishini malum qildi. Birinchi davradan keyin esa biz bosh murabbiylikka Amet Memetni olib kelganmiz. U paytda Amet Abdullaevich bilan muzokara o'tkazayotib, hech qanday ko'tarma pullari berilmasligini va faqat oylik maosh bera olishimizni aytganman. Kelasi mavsum uchun esa keyinroq boshqa muzokara o'tkazamiz. SHunda barcha talab va shartlar bo'lsa aytishingiz mumkin deganmiz. Umuman olganda o'tgan yili bu murabbiyning ishidan ko'nglim to'ldi. Bor kuchini berib ishladi va jamoani ijobiy tomonga o'zgartira oldi. Bu yil ham klubni Memet boshqarishini rejalashtirib viloyat hokimi bilan bu xususda uchrashib gaplashib oldik. Noyabr oyining oxirlarida Memet Ukrainadan qaytib keldi. SHunda u katta talablarni qo'ydi. SHunda unga vaziyatga real qaragan xolda shart qo'yishini  tushuntirdim. Bu ancha muncha klub uchun og'irlik qilishi aniq edi. Faqat uning bizdan nimalar so'raganini hozir aytmaganim maqul. Biz klub prezidenti bilan keyin bu haqda maslahtlashib bosh murabbiylikka Murod Ismoilovni olib kelishga qaror qildik. Amet Memet bilan esa shartnoma 31 dekabrda o'z kuchini yo'qotgan. Marhamat ishonmasangiz qo'limdagi Memetning shartnomasini ko'rishingiz mumkin. Ko'tarma puli degan joyida hech narsa yo'q. Lekin agar shu murabbiyga ko'tarma pulini berib olib qolganimizda xursand bo'lardim. Sababi tajribasi katta. O'tgan yili u hech qanday ko'tarma pul olgan emas.

P.S. Ushbu matbuot anjumanida bundan tashqari yana bir nechta savol javoblar bo'lib o'tdi. Keyinroq yana bu borada sizlarga eshitganlarimizni etkazamiz.


Islombek RUSTAMBEKOV yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика