Komil Mirzaboev: “Memetni oldiga aniq vazifa qo'yilmagandi”
17 dek 2013 10:50
Yangiliklar
Komil Mirzaboev: “Memetni oldiga aniq vazifa qo'yilmagandi”
Joriy mavsum poyoniga etgach, “Neftchi” jamoasida uzoq yillardan buyon o'ynab kelayotgan sodiq futbolchilar birin-ketin boshqa klublarga o'tib ketishmoqda.
Hozircha jamoa safiga kelib qo'shilayotganlardan ko'ra, tarkibni tark etayotganlar soni ko'pchilikni tashkil etmoqda. Bu esa maxalliy muxlislarda keyingi mavsum uchun xadik uyg'otmoqda. Asosiy tarkibning qariyb 9 nafar azosi safni tark etishi bu haqiqatdan ham keyingi yilda jamoaga oson bo'lmasligini anglatadi.
Klubda yuz berayotgan o'zgarishlar va mavsum taraddudi haqida bilish maqsadida, dushanba kuni Farg'ona tomon safarga chiqdik va “Neftchi” FK bazasiga borib klub raisi Komil Mirzaboev bilan suhbatlashdik.
- Komil aka, boshqaruv postiga Amet Memet kelgach, murabbiy o'z intervyularining birida “kuchli oltilikka kirishga harakat qilamiz” degandi. Yakunda “Neftchi” chempionatni 9-o'rinda tugatdi. SHundan so'ng ko'pchilik ishqibozlar jamoaga yangi murabbiy kelishini tahmin qilgandi. Lekin Amet Abdullaevich bosh murabbiylikda qoldi. Buni qanday izohlagan bo'lardingiz?
- Yo'q, biz Amet Memet oldiga aniq bir vazifa qo'ymagandik. Lekin imkon qadar mavsumni yuqori o'rinda yakunlashni istaganmiz. Birinchi davradan keyin klub turnir jadvalida nechanchi o'rinda edi?! O'sha paytda “Neftchi” hisobida atiga 7 ochko bor edi. Egallab turgan o'rni esa 12 edi. Amet Abdullaevich yigirma kun mobaynida jamoani tayyorladi. Bu osonlikcha bo'ladigan jarayon emas. Murabbiy o'sha paytda o'ylardiki, qanday qilib futbolchilarga mashg'ulotlarda “nagruzka” bersam. Tayyorgarligi joyida bo'lmaganlarni, tayyorlashga harakat qildi. SHuning uchun aytish mumkinki, murabbiyga ortiqcha etiroz yo'q.
- Demak, Memetning ishidan rahbariyat to'la qoniqdi. SHundaymi?
- Etibor bering, ikkinchi davrada jamoamiz yomon natija ko'rsatmadi. Avgust oyida faqatgina bitta uchrashuvda imkoniyat boy berildi. Sentyabrda barcha o'yinlarni g'alaba bilan yakunladik. Oktyabr oyida esa etakchi klublar bilan o'ynadik. “Nasaf”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” kabi jamoalar bilan. Keyin shu oyda o'z maydonimizda kutilmaganda “So'g'diyona”ga imkoniyatni boy berdik. Bu uchrashuvda yigitlar o'z kuchlariga ortiqcha ishonib yuborishdi shekilli, ular o'yindan oldin yutib bo'lishgan edi. Bu esa oxir oqibat bizga qimmatga tushdi. Agar ko'rgan bo'lsangiz, “Nasaf” bilan jamoamiz yomon o'yin namoyish etmadi. Ko'rib turganingizdek, bu erda Memetga ortiqcha etiroz yo'q. Amet Abdullaevich klubga kelib katta ishlar qildi. U ish boshlagan paytda asosiy tarkibda olti nafar o'yinchi qoldi-ku! Keyin ilojsizlikdan yana 5 nafar futbolchi olib keldik. Hozircha imkoniyat beryapmiz. Qani ko'ramiz, kim to'g'ri ishlayapti yoki aksincha.
- Aytib o'tganingizdek, ikkinchi davrada jamoani kuchaytirish uchun Vyacheslav Ponomaryov, Zayniddin Tojiev, G'ulom O'runov, Mirzakamol Kamolov, Pavel Smolyachenko kabi o'yinchilar harid qilindi. O'sha paytda ular bilan nega uzoqroq muddatga emas, balki olti oyga bitim imzolandi. Bunda kelasi yilni o'ylamagansizlarmi?
- O'sha paytda bizni o'z yo'nalishimiz bor edi...
- Demak bundan kelib chiqdiki, o'sha paytda nima qilib bo'lsa ham mavsumni yakunlab olish uchun qilingan transferlar bo'lgan ekanda?
- CHempionatni tugatishda ham, yuqori o'rinda tugatish edi. Jamoada o'zgarish bo'lishidan oldin, klubning o'sha paytda qanday natija qayd etganiga etibor qarating: 7 ochko bilan 12-o'rin edi. Jamoa safarda umuman yutmagandi ham. Yakunda mavsumni 9-o'rinda tugatdik. SHuning uchun murabbiylar shtabiga etiroz yo'q.
- Lekin shunday bo'lsada, o'z tarixiga ega bo'lgan “Neftchi”dek klubga 9-o'rin yarashmaydi. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Ha, to'g'ri. Lekin past balandliklar ham bo'ladi. Hamma ko'rib turibdiku, yigirma kunda Amet Memet futbolchilarni qanday qilib tayyorlaydi? Biz ayrim klublar kabi bir mavsumda uch marotaba murabbiyni o'zgartirmoqchi emasmiz. Agarda yangi bosh murabbiy olib kelish rejamizdan o'rin olganida, xuddi “Buxoro” singari o'yindan keyinoq, almashtirardik. Ko'rib turganingizdek, murabbiyga yana ishonch bildirmoqdamiz. Yigitlarni yangi mavsumga aynan u boshchiligidagi murabbiylar shtabi tayyorlaydi. Rahbariyat tomonidan klubni rivojlantirish dasturi belgilab berilgan. Buni bir oy yoki bir yilda amalga oshirib bo'lmaydi. Malum bir muddat kerak bo'ladi. Ochig'i biz bunga 10-15 yil vaqt so'ramayapmiz. Ozgina imkoniyat berilsa, ishonchni oqlashga harakat qilamiz. Infratuzilma va selekciya ishlarini kuchaytirmoqdamiz. Xususan yaqinda viloyatimizda 1200 nafar istedodli yoshlardan eng yaxshilarini saralab oldik. Asli farg'onalik bo'lib chetda o'ynayotgan futbolchilarni ham taklif etib imkoniyatlarini ko'ryapmiz.
- 1200 nafar boladan nechta tanlab olindi?
- 60 nafar. Ular oldida yana bir nechta bosqich turibdi.
- SHundan o'zi nechtasi olinadi?
- Aniq bir sonni aytib bo'lmaydi. Deylik shu 1200 nafar yigitdan 2-3ta iqtidorlilarini to'g'ri tanlab, klubimizga jalb eta olsak, bu albatta bizning katta yutug'imiz bo'ladi. Har bir chiziq uchun maxsus selekciya guruhi tuzilgan. SHuningdek o'rinbosarlar jamoasidagi futbolchilarimiz ham oxirgi paytda o'sishga erishdi.
- Etakchi o'yinchilarning jamoani tark etishiga nima sabab bo'lmoqda?
- Etakchi futbolchi deganda kimni nazarda tutyapsiz?
- Mansur Saidov, Iqbol Akramov, SHukur Po'latov, Sardor Mirzaev...
- Aytingchi 9-o'rinni egallagan jamoada etakchi o'yinchi bo'ladimi? Agar bizning jamoada siz aytganingizdek, etakchi o'yinchilar bo'lganida “Neftchi” 1-2-o'rinlarni joy olardi. SHu bois etakchi emas balki o'yinchilarning ketishiga nima sabab deyilsa, savol to'g'riroq bo'lardi.
- Mayli, kelishdik. Unda asosiy tarkib futbolchilarining jamoa bilan xayrlashayotganining sababi nimada?
- Agarda jamoani tark etayotganlar haqiqatdan ham kuchli futbolchilar bo'lganida biz qanday qilib ular bilan 9-o'rinni olardik?!
- Nahotki asosiy tarkib azolarining klubda olib qolishdan mano ko'rmagan bo'lsanglar?
- Yo'q, yuqorida aytib o'tganimdek klubni boshqa darajaga olib chiqish kerak-ku! Mansur Saidov necha yoshda?
- 30-31...
- Ha, to'g'ri. 30-32. Bu yoshdagi futbolchilar bilan hozir hamma xohlayotgan tezkor futbolni namoyish eta olamizmi?
- Lekin yo'qotishlar o'rnini to'ldirish uchun, munosib o'yinchilarni olib kelish ham oson bo'lmasa kerak?
- Yo'q, biz nega olib kelishimiz kerak. O'rinbosarlar tarkibidan bir qator yoshlarimiz bo'y ko'rsatib kelishmoqda. Otabek Zokirov, Otabek Haydarov, Umid, Saydullo Rahmatov, Javohir Rasulov. Bu yigitlarimiz yaxshigina o'sishga erishdi. Endi ular asosiy tarkibda o'ynashi kerak. Bizda hozir aniq o'ylangan va tahlil qilingan ish bo'yicha ketmoqda hammasi.
- Jamoani tark etgan futbolchilarning olib qolish uchun harakat qildinglarmi?
- Biz faqatgina Sardor Mirzaev bilan SHukurali Po'latovga shartnomani uzaytirish taklifi bilan chiqdik xolos. Lekin ular kelasi yil o'zlarini OCHLda ishtirok etuvchi klublarimiz safida sinab ko'rishini aytdi. Qolgan futbolchilarning esa ketishiga qarshilik ko'rsatmadik.
- Jamoani shu kunga qadar necha nafar futbolchi rasman tark etdi?
- SHartnomasi tugagan o'yinchilarning ko'pchiligi ketdi.
- Zayniddin Tojiev bilan Vyacheslav Ponomaryovning ham endi qaytib kelmasligi to'g'risida malumotlar bor?
- Ponomaryov bilan kelishib qo'ydik. Ikkinchi davrada “Neftchi”ning eng kuchli futbolchilaridan biri bo'ldi. Vyacheslav shunday o'ynar ekanki, yoshlarni o'z ortidan ergashtirishni bilarkan. Og'ir o'yinlarda kam xatoga yo'l qo'yadi. Tajribasi katta. Bugun u ham yig'inga kelib qo'shiladi (suhbat 16 dekabr kuni bo'lib o'tgan – I.R).
- Sanjar Asqaraliev taqdiri haqida nima deysiz? Uning yaqinda “Dinamo”ga o'tishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi?
- Sanjarga hozircha ishonch bildirmoqdamiz. Bu futbolchimiz O'zbekistonda o'z poziciyasidagi eng yaxshilaridan biridir.
- SHartnomasi tugagan G'ulom O'runovchi?
- G'ulom bilan gaplashsak, yaqinda ko'richak kasaliga uchrabdi. Sog'ayib oyoqqa turgach, yana u bilan muzokara o'tkazishimiz ham mumkin.
- Baxtiyor Yoqubovning “Buxoro”ga o'tishi haqida norasmiy malumotlar bor...?
- Yo'q Baxtiyor qoladi. Axir uni amalda shartnomasi bor. Bunday o'yinchilar o'zimizga ham kerak.
- Jamoani kelgusi mavsum uchun yillik byudjeti aniq bo'ldimi?
- Bizda byudjet bilan birga boshqa hammasi aniq.
- Moliyaviy tomondan muammo yo'qmi. CHunki jamoaga keladigan futbolchi hozirgi kunda avvalo klub moddiy jihatiga etibor qaratmoqda?
- “Neftchi”da ilgari bu borada muammo bo'lmagan. Umid qilamanki, kelasi yil ham bo'lmaydi.
- Klubga yangi futbolchilarni taklif etayotganda, barchasini Amet Memetning o'zi hal etmoqdami yoki siz ham unga malum bir maslahatlarni berib turasizmi?
- Avvalo klubga futbolchi taklif etishdan oldin buni murabbiylar shtabining o'zi ko'rib chiqadi. Keyin menga aytishsa, o'z fikrimni bildiraman. CHunki ertaga natija uchun baribir rahbariyat oldida men javob beraman. Hozir qo'limizda 30 dan ortiq futbolchining ro'yxati turibdi. Ularni poziciyasiga qarab taklif qilamiz. Bunda Memet o'z taktikasiga to'g'ri keladigan o'yinchilarni oladi. Amet Abdullaevich oldida birinchi davradan so'ng o'zi istagan o'yinchilarni olib kelish imkoniyati yo'q edi. Mana bugunga kelib esa bu borada imkoniyatlarimiz biroz oshdi deyish mumkin.
- “Neftchi” kelasi yil xorijlik futbolchilarni ham o'z safiga qo'shib olishi mumkinmi?
- Vaziyatga qaraymiz. Agarda kuchaytirilishi lozim bo'lgan chiziqlarga o'zimizdan o'yinchi topa olmasak, legioner limitidan foydalanishimiz ham mumkin. Lekin asosiy etibor mahalliy futbolchilarga qaratiladi.
- Jamoa oldiga kelasi yil qanday vazifa qo'yiladi?
- Maqsadimiz yuqori o'rinlarni egallash. Hozircha yil tugamagani uchun, kelasi yilga aniq vazifa beligilangani yo'q.
- Darvozabonlarning barchasi qoladimi? CHilmatov, Hasanov, Turdialiev.
- Golkiperlarimiz hozircha biz bilan birga. Ulardan tashqari yana bir nafar posbon olishimiz ham mumkin. Sababi selekcionerlarimiz yaqinda yana bir istedodli posbon topishgan.
- “Neftchi”da selekcioner murabbiy kim?
- Bu borada Gubanov bilan Pavlov ish olib bormoqda. Lekin ular bizning viloyatimizdagi selekcioner murabbiylarimizdir. Asosan yoshlarni kuzatishadi. Oliy ligada esa ular kimlar bilan gaplashadi? Lekin keyinchalik selekciya bo'limi ishga tushsa, ko'z ostimizdagi futbolchini butun mavsum mobaynida kuzatib boramiz va uni shu orqali klubga taklif etamiz.
- O'rinbosarlar jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan Abdumajid Toirovning yana katta futbolga qaytish extimoli borligi haqida eshitib qolmoqdamiz...
- Toirov masalasini yaqin kunlarda ko'rib chiqamiz. Balki Abdumajidni murabbiylik kurslarida o'qitarmiz. O'rinbosarlar jamoasi yanvardan yig'inni boshlaydi.
- Jamoa mavsum taraddudini qanday o'tkazadi?
- 29 dekabrga qadar o'z qarorgohimizda mashg'ulotlar olib boriladi. SHundan so'ng bayram munosabati bilan futbolchilarga 3 yanvarga qadar tatil beramiz. SHu kundan boshlab esa ularni yana o'z bazamizda yig'amiz. Yanvar oyida xorijga chiqmaslikka qaror qildik. CHunki bu paytda o'zimizda ham yaxshi sharoitlar bo'ladi. Fevralda esa Turkiyaga borib yig'in tashkil qilamiz. Xorijda sparring raqiblarni topish muammo tug'dirmasligini inobatga olib, u erda asosiy etibor ko'proq sinov-nazorat bahslarini o'tkazishga qaratiladi.
SHu fursatdan foydalanib, bu yilgi mavsumda biz bilan xamkorlik qilib, jamoamizda to'p tepgan barcha futbolchilarga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. O'yinchilarimizning har biri imkon qadar chempionatni yuqori o'rinlarning birida yakunlash uchun bor kuchlari bilan harakat qilishganini aytib o'tishim kerak. Klub safini tark etgan yigitlarga ham kelgusi faoliyatlarida omad tilab qolamiz.
Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar