Kolumbiyalik muxlisning 810 ming rublga teng pulini o'g'irlab ketishdi

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2018, 14:32
Moskva markazida noma'lum shaxs Kolumbiyadan kelgan muxlisning hamyonini o'g'irlab ketdi.

"Dushanba kuni kechasi jahon chempionati uchun kelgan 1973 yil tug'ilga Kolumbiya fuqarosidan ariza kelib tushdi. Moskva markazida uning hamyonini tunab ketishgan" - deydi xavfsizlik xizmati xodimi.

Uning so'zlariga ko'ra, jabrlanuvchi telefoniga bank kartasidan katta pul echilganini ko'rgan kishi hamyoni o'g'irlanganini sezib qolgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Интерфакс