Kolumbiya O'zbekistonga JCH-2018dan oldin o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish taklifi bilan chiqdi
07 iyu 2018 12:04
Yangiliklar


Kolumbiya O'zbekistonga JCH-2018dan oldin o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish taklifi bilan chiqdi
Xames Rodriges boshchiligidagi Kolumbiya terma jamoasi O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish bo'yicha taklif bilan chiqdi.
Kolumbiyaliklar JCH-2018 boshlanguniga qadar Evropada O'zbekiston bilan o'ynashni istadi. Biroq O'FA ushbu taklifga rad javobini berdi.
Bunga bir qator sabablar bor edi. Terma jamoamiz 8 iyun kuni Montevideo shahrida Urugvay bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Kolumbiya 12 iyun kuni Rossiyaning Qozon shahriga etib borishi kerak. Terma jamoamiz Urugvaydan qaytib kelishiga vaqt juda kam edi. Bundan tashqari 10-12 iyun kunlari Superligada 15-tur bahslari bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
02:36
JCH-2026 saralashi. BAA O'zbekiston va Qirg'izistonga qarshi o'yinlar uchun tarkibini elon qildi 5

Fikrlar