Koke maydonga qaytishga tayyor
24 sen 2021 21:11
Yangiliklar
Koke maydonga qaytishga tayyor
"Atletiko" yarim himoyachisi Koke jarohatidan tiklanib, maydonga qaytishga tayyor.
Madridliklar sardori 25 sentyabr, shanba kuni bo'lib o'tadigan "Alaves"ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin.
Biroq Diego Simeone futbolchining tiklanish jarayonini inobatga olib, uni asosiy tarkibga kiritmasligi mumkin.
Koke mushaklaridagi jarohati tufayli "Atletiko"ning oxirgi ikki o'yinini o'tkazib yubordi. Sardorsiz qolgan "matraschilar" Bilbaoning "Atletik" klubi bilan durang o'ynadi (0:0) hamda «Xetafe»ni mag'lub etdi (2:1).
Olti turdan so'ng "Atletiko" Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoa "Real Madrid"dan ikki ochkoga ortda qolmoqda.
Fikrlar